«Poetayzer» – fotosuratlarga she’r bag‘ishlovchi ilova

  •   DiMaX
  •  1094
  •  22.02.2017 13:46

«Poetayzer» – fotosuratlarga she’r bag‘ishlovchi ilova

Bugungi selfilar va ijtimoiy tarmoqlar davrida suratlarni qayta ishlash turlari ham, bunga xizmat qiluvchi dasturlar ham ko‘paymoqda. Jumladan, 4pda.ru sayti shunaqa bir ilova – «Poetayzer»ni tavsiya etadi.

Bu dasturning o‘ziga xosligi – har bir suratning ruhidan kelib chiqib, unga atab she’riy misralarni tanlab joylab beradi. She’rlar rus tilida bo‘lib, taniqli shoirlarning ijodidan olingan. Bu bilan fotosuratning o‘ziga xosligi oshiriladi, unga shoirona ruh bag‘ishlanadi.

Ilovaning qisqacha xususiyatlari:

Platforma: Android

Versiya: 1.0.0.22

Ruscha interfeys: Bor

Talablar: Android 4.4 yoki undan yangirog‘i

Toifa: Fotosuratlar

Ta’kidlash kerakki, «Poetayzer» yangi suratga olinayotgan rasmlar bilan ham, «Galereya»da saqlanayotgan kartinalar bilan ham ishlay oladi. Ilovaning ishlashi fotosuratdagi barcha ob’yektlarni tanib olishga qodir bo‘lgan neyron tarmoqlariga asoslangan. Ob’yektlarni tanib olgach, «Poetayzer» o‘z bazasidan taniqli shoirlarning ularga mos keluvchi satrlarini topib, taklif etadi.

Foydalanuvchining e’tiboriga suratga mos keluvchi bir nechta variantdagi she’rlar taqdim etiladi. O‘zingizga yoqqan to‘rtlikni tanlab, uning joylashuv parametrlarini ham ko‘rsatishingiz mumkin. Jumladan, she’r matnining fotosuratga joylanish o‘rni, o‘lchami, shrift va rangini tanlash imkoniyatlari mavjud.

Dasturni ishlatish ancha soddaligi sababli, hatto tajribasiz foydalanuvchilar ham uni bemalol ishlatishlari mumkin. Uning «xotira»sida minglab she’rlar borligi bois, hatto bir xil mavzuga oid bir necha rasmning har biriga ham betakror she’r tanlash mumkin.

Tayyor bo‘lgan shoirona tasvirlarni shu yerning o‘zidan turli ijtimoiy tarmoqlarda ulashish yoki smartfonning o‘zida saqlab qo‘yish funksiyalari bor.

«Poetayzer» mutlaqo bepul, unda pulli kontentning o‘zi yo‘q, yana eng yaxshi jihati – jonga teguvchi reklamasi yo‘q! Ilova qurilma xotirasida juda kam joy oladi va «bundayroq» smartfonlarda ham bemalol ishlaydi. Uning bittagina salbiy tomoni bor – faqat internetga ulangan holdagina ishlaydi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.