Poyezd tagiga yotib olgan 37 yoshli andijonlik TikTok’chi endi «Motamsaro ona»ga hurmatsizlik qildi

  •   DiMaX
  •  491
  •  19.05.2021 15:58

Poyezd tagiga yotib olgan 37 yoshli andijonlik TikTok’chi endi «Motamsaro ona»ga hurmatsizlik qildi

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda yurib ketayotgan poyezd tagiga yotib olib, noodatiy chiqish qilgan TikTok'chining videosi tarqalgan edi. Ushbu shaxs tezkorlik bilan aniqlanib, 1984 yilda Andijon shahrida tug‘ilgan fuqaro bo‘lib chiqqan, deb yozadi Sof.uz.

O‘QING: 14 yoshli TikTok-bloger qiz nogiron opasini o‘ldirib qo‘ydi

Ayni paytda ushbu shaxsning navbatdagi videosi ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirildi. 37 yoshli, 3 nafar farzandning otasi bo‘lgan TikTok foydalanuvchisi bu safar internet yulduziga aylanish uchun Andijondagi «Motamsaro ona» haykaliga hurmatsizlik qildi.

«Onaxonning quchog‘ida yotibman. Kimligini bilmayman, sen taniysanmi? Men ham tanimayman», – degan u videoda.

Bu safar mazkur fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (Mayda bezorilik) bilan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. Zafarbek Kimsanov yana barchadan qilgan ishi uchun uzr so‘radi va qayta bunday ish qilmaslikka va’da berdi.

O‘QING: «TikTok qirolichasi» – 16 yashar raqqosa tarixga kirdi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!