Pokemon Go’da uzoq kutilgan yangilanish: endi unda o‘zaro jang qilish mumkin!

  •   DiMaX
  •  515
  •  13.12.2018 13:58

Pokemon Go’da uzoq kutilgan yangilanish: endi unda o‘zaro jang qilish mumkin!

O‘ta ommalashgan Pokemon Go o‘yini yaqinda yangilandi va unda ko‘plab geymerlar uchun qiziq rejim paydo bo‘ldi. Endi unda o‘yinchilar o‘zaro kurashishlari, aniqrog‘i – o‘zlari ushlagan maxluqlarni bir-birlariniki bilan urushtirishlari mumkin.

O‘QING: Afsonaning qaytishi: bepul Pokemon Quest o‘yini dunyoni zabt etishga tayyor! (+video)

Birinchi yangilanishlar 40-darajaga yetgan geymerlar uchun taqdim etildi, endi bosqichma-bosqich tarzda boshqa – 10-darajadan boshlangan o‘yinchilarga ham yetib keladi. Yakkama-yakka olishuv uyushtirish uchun geymer bu o‘yinda kamida 10-darajaga yetgan bo‘lishi talab etiladi.

Jang tashkil etish uchun ikkala o‘yinchi ham bir joyda bo‘lishlari lozim bo‘ladi. Uchrashuvni esa do‘stlar ro‘yxati orqali yoki QR-kodni skanerlash orqali belgilash mumkin. Masofadan turib ham olishish mumkin, ammo buning o‘ziga yarasha talablari mavjud. Ya’ni, birgalikda Best yoki Ultra Friends maqomiga erishgan o‘yinchilargina masofadan turib o‘zaro jang tashkil eta olishadi.

«Jonli» raqiblar bilan kurash geymerlarga o‘yin ichidagi mukofotlarni, jumladan, hozirda ommalashgan Sinnoh Stone’ni olish imkonini beradi. Sinnoh Stone yordamida turli pokemonlarni eng kuchli yakuniy shakligacha kuchaytirish mumkin.

O‘QING: The Game Awards 2018: o‘yinlar olamida yilning eng zo‘rlari taqdirlandi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.