Pokemon Go o‘yiniga qiziqish kamaymoqda

Pokemon Go o‘yiniga qiziqish kamaymoqda

Iyul oyining boshida chiqarilgan Pokemon Go o‘yini bir necha hafta ichida juda ommalashib ketdi. O‘yin haqida eshitmagan odam qolmadi hisob, o‘yin mualliflari esa mo‘maygina daromadga ham ega bo‘lishdi. Ammo so‘nggi tahlillarga e’tibor bersak, foydalanuvchilarning o‘yinga bo‘lgan qiziqishi borgan sari susaymoqda.

Mutaxassislarning fikricha, o‘yindagi xato va kamchiliklar, kompaniyada chiterlarga (yolg‘on ma’lumot beruvchilar) qarshi avj olgan kurash o‘yinga bo‘lgan qiziqishni tushirmoqda. Ikkinchi sabab bo‘yicha kuni kecha batafsil yozib o‘tgan edik. Bundan tashqari, ushbu holat ba’zi o‘yinchilarning o‘yinda erishilishi mumkin bo‘lgan bosqichlardan o‘tgani sababli yuz berayotgan bo‘lishi ham mumkin.

Ekspertlar o‘yinda yangi funksiya va pokemonlarning paydo bo‘lishi unga bo‘lgan qiziqishni yana oshiradi, deb hisoblashmoqda.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.