Pokemon GO: o‘ynasang halol o‘ynada, nomard

Pokemon GO: o‘ynasang halol o‘ynada, nomard

Bir necha kun ilgari so‘nggi vaqtda juda tez ommalashgan Pokemon GO o‘yinining muallifi bo‘lgan Niantic studiyasi noto‘g‘ri ma’lumotlar orqali o‘ynayotgan foydalanuvchilarni butunlay bloklashni rejalashtirayotgani haqidagi xabar e’lon qilingan edi.

Hatto o‘yinga tegishli rasmiy saytda o‘zlarini noto‘g‘ri sabablar tufayli bloklangan deb hisoblaydigan foydalanuvchilarga mo‘ljallangan maxsus forma ham yaratildi.

Studiya o‘zining Facebook sahifasida o‘yindagi g‘irromliklarga chek qo‘yishini ma’lum qilgan.
“Biz so‘nggi paytda kelgan ko‘plab shikoyatlarni o‘rganib chiqib, noto‘g‘ri ma’lumotlarni taqdim etish hisobiga muvaffaqiyat bilan o‘ynayotgan o‘yinchilarga qarshi zaruriy choralarni qo‘rish istagidamiz. Keyinchalik yolg‘on xabarlar belgisi mavjud bo‘lgan har qanday akkauntni o‘chirib qo‘yamiz. Biz uchun o‘yinning teng imkoniyatlar va halol qoidalar asosida o‘ynalishi juda muhimdir”, – deb yozadi kompaniya o‘z sahifasida.

Ammo Niantic o‘zlarini noto‘g‘ri sabablar tufayli bloklangan deb hisoblaydigan foydalanuvchilarning murojaatini yuqorida aytilgan forma yordamida tekshirib ko‘radi. Hozircha bunday qarorning qanday natija berishi noma’lum. Ammo butunlay bloklanish haqidagi postga foydalanuvchilar qoldirgan izohlarga qaraganda, ular bunday qarordan nihoyatda norozi. Sababi o‘yinchilarni chitlardan (noto‘g‘ri ma’lumot) foydalanishga o‘yindagi kamchiliklar majbur qilgan. Biroq, nima bo‘lganda ham, o‘yinda qo‘shimcha vositalardan foydalangan har qanday o‘yinchi butunlay bloklanish xavfi ostida qolishi aniq.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!