Politsiya so‘zlashuvlarini tinglash ilovasi Facebook, Instagram va TikTok’ni ortda qoldirdi!

  •   DiMaX
  •  1767
  •  03.06.2020 15:50

Politsiya so‘zlashuvlarini tinglash ilovasi Facebook, Instagram va TikTok’ni ortda qoldirdi!

Shu kunlarda AQShda bir politsiyachi afroamerikalik fuqaroni o‘ldirib qo‘ygani sababli norozilik namoyishlari bo‘layotganini eshitgandirsiz. Bu mojarolar ortidan politsiya chastotalarini smartfonda izlab topish va eshitish imkonini beruvchi ilovalarning reytingi oshib bormoqda.

O‘QING: Dunyodagi eng qimmat startap Facebook va Alphabet’ga xavf solmoqda!

Shulardan biri – 5.0 Radio dasturining reytingi AQShda juda ko‘tarilib ketdi. App Store ilovalar do‘konida u Facebook, Instagram hamda TikTok kabi ommabop ijtimoiy tarmoqlardan ham yuqoriga chiqib oldi!

5.0 Radio ilovasi ishlab chiquvchisining so‘zlariga ko‘ra, uning foydalanuvchilari soni kuniga ikki karradan ko‘payib bormoqda. iMore sayti bilan suhbatda dasturchining ta’kidlashicha, politsiya chastotalari skanerini kishilar o‘z xavfsizliklari maqsadlarida – politsiyachilar rejalashtirayotgan harakatlardan boxabar bo‘lish uchun qo‘llashmoqda.

Mazkur ilova o‘n yildan buyon mavjud bo‘lsa-da, hali bu qadar ommalashuvni tushida ham ko‘rmagan edi. Yakshanba kuni 5.0 Radio faol foydalanuvchilari soni yarim milliondan oshgan.

O‘QING: Telegram asoschisi: «Bu servis endi rasman sizlarni kuzatish jihoziga aylangan!»