Pomy – kompyuterda ishlashda ko‘zingizni asrovchi bepul dastur

  •   DiMaX
  •  3772
  •  02.04.2019 11:11

Pomy – kompyuterda ishlashda ko‘zingizni asrovchi bepul dastur

Kompyuter bilan ishlashda ko‘zimiz zo‘riqishi, ko‘proq o‘tirib qolsak zararlanishi barchaga ma’lum. Shuning uchun maxsus ko‘zoynaklar qo‘llanadi, ammo baribir orada ko‘zni dam oldirib turgan ma’qul.

O‘QING: Kompyuterda ishlash uchun ko‘zoynak qanday tanlanadi?

Monitordan ko‘z uzishni esidan chiqarib qo‘yadiganlar uchun maxsus Pomy dasturi ishlab chiqilgan. U aynan oftalmologlar tavsiya etadigan «20–20–20» tamoyili bo‘yicha ishlaydi. Ya’ni, siz 20 daqiqa kompyuterda ishlaganingizdan so‘ng 20 soniya ko‘zlaringizga dam berishingiz kerak. Bu orada siz kamida 6 metr uzoqlikdagi narsalarga qarashingiz tavsiya etiladi.

Pomy dasturida taymerni ishga tushirganingizdan so‘ng, oradan 20 daqiqa o‘tgach, kompyuteringiz ekrani qorayib qoladi. Ushbu tanaffus 20 soniyalik muddatga teng, keyin esa yana ishni davom ettiraverasiz.

Mazkur dasturda siz interfeys mavzularini almashtirishingiz, shuningdek, tovushlarini yoqib yoki o‘chirib qo‘yishingiz mumkin. Yana Pomy hamisha boshqa oynalardan ustun turadigan va dam olish vaqtigacha besh daqiqa qolganida ogohlantiradigan qilib ham qo‘ysa bo‘ladi.

Pomy dasturini Windows tizimli noutbuk va kompyuterlarga mana bu, macOS tizimlilariga esa mana bu havolalar orqali o‘rnatib olish mumkin.

O‘QING: Ko‘zga zarar yetmasligi uchun ekranni qanday sozlash kerak?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!