Porsche elektrokari tezlik bo‘yicha jahon rekordini yangiladi! (video)

  •   DiMaX
  •  931
  •  12.02.2021 11:27

Porsche elektrokari tezlik bo‘yicha jahon rekordini yangiladi! (video)

Esingizda bo‘lsa, biz Microsoft korporatsiyasi asoschisi Bill Geyts o‘zi uchun birinchi marta to‘liq elektrlashtirilgan avtomobil sotib olgani haqida yozgan edik. Porsche Taycan Turbo rusumli bu mashina Tesla kompaniyasining Model 3 elektrokaridan naq to‘rt baravar qimmat turadi!

O‘QING: Alibaba’da hatto flagman smartfonlardan ham arzon elektromobil sotilyapti! (+«jonli» video)

Taycan modeli afsonaviy avtomobilsoz – Porsche kompaniyasining to‘liq elektrlashtirilgan ilk mashinasi bo‘lishdan tashqari, bir nechta rekordlar o‘rnatgani bilan ham mashhur. Nemis mashinasozining Turbo S modifikatsiyali versiyasi yaqinda yopiq makon ichida yurish tezligi bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi.

Yangi Orleandagi ko‘rgazmalar zalida o‘tkazilgan sinovda elektromobilni poygachi Lex Kin boshqardi va uning tezligini 165,1 km/soatga yetkaza oldi. Bu yo‘nalishda oldingi rekord esa «atigi» 138,4 kilometr/soat edi.

 «Men rekord o‘rnatishimga uncha ishonmagan edim, – deydi poygachi. – Pol yuzasi shu qadar silliq ediki, muzni eslatardi. Agar birdaniga tezlashsangiz, devorga qattiq devorga borib urilishingiz hech gapmas. Hattoki shu ulkan makonda ham joy yetishmagandek bo‘ldi».

O‘QING: ShOK VIDEO: Tesla elektrokari qabristonda arvohni «ko‘rib» to‘xtadi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!