Potensial bestseller – Redmi Note 9 suratlari va xususiyatlari

  •   DiMaX
  •  9364
  •  17.04.2020 14:05

Potensial bestseller – Redmi Note 9 suratlari va xususiyatlari

 Redmi K30 Pro hamda Redmi K30 Pro Zoom Edition flagmanlari eng zo‘r – Snapdragon 865 protsessorli eng arzon telefonlardir. Xiaomi bu bilan ham cheklanib qolmasdan, allaqachon dunyodagi eng arzon 5G-smartfon bo‘lmish Redmi Note 9 5G modelini ham ishlab chiqqan.

O‘QING: Redmi Note 9 5G ham tayyor: atigi 140 dollarlik 5G-smartfon tezkor quvvatlana oladi!

Lekin Xitoyning rasmiy TENAA regulyatori bazasida yana bitta Redmi smartfonining xususiyatlari va hatto rasmlari paydo bo‘ldi. U yerda Redmi M2003J15SC nomi bilan qayd etilgan qurilmaning bozorga Redmi Note 9 modeli sifatida chiqishini aytishmoqda. Yuqorida ta’kidlangan Redmi Note 9 5G rusumli variantdan farqli ravishda, bunisi beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlamaydi.

Redmi Note 9 orqa paneli dizayn borasida Redmi Note 9 Pro hamda Redmi Note 9 Pro Max flagmanlariga o‘xshab ketadi, faqat yangi smartfonning bosh kamerasi ostida daktiloskopik datchik ham o‘rnatilgan.

O‘QING: Samsung ham Redmi Note 9 Pro Max narxida «avtonomlik monstri»ni sotuvga chiqardi

Redmi Note 9 selfi-kamerasi yuqori chap burchakka ko‘chirilgan (Redmi Note 9 Pro va Pro Max modellarida ular ekran tepasining markazida).

Yangi hamyonbop smartfonning korpusi 162,3x77,2x8,9 millimetrlik bo‘lib, 198 gramm tosh bosadi. Uning IPS matritsali ekrani diagonaliga 6,53 dyuymlik, tasvir aniqligi 1080x2340 piksellik. Ma’lumotlarga ko‘ra, Redmi Note 9 bosh kamerasida 48 megapiksellik asosiy datchik qo‘llangan, old kamera esa 13 megapiksellik aniqlikda.

O‘QING: Xiaomi «o‘ldirib bo‘lmas» smartfon tayyorlabdi: Comet ilk «jonli» rasmlarda!

Redmi Note 9 maksimal 2,0 GGs takt chastotasida ishlovchi protsessor bazasida ishlaydi, bu MediaTek Helio G80 bo‘lsa kerak. Xaridorlar uni 3, 4 va 6 gigabaytlik tezkor xotira, 62, 64 va 128 gigabaytlik ichki xotirali variantlarini tanlab olishlari mumkin bo‘ladi. Shuningdek, microSD-karta yordamida unga yana 512 gigabayt xotira qo‘shish imkoni mavjud.

Yangi smartfon ko‘pchilik foydalanuvchilarga kerakli – maishiy texnika jihozlarini boshqaruv pulti sifatida qo‘llash uchun infraqizil port bilan ta’minlangan. Uning batareyasi ham chakkimas – 4920 mA/soatlik bo‘lib, 22,5 vattlik texnologiya asosida tezkor quvvatlana oladi; tag‘in shunday zaryadchik smartfon jamlanmasining o‘zida bo‘ladi!

Redmi Note 9 ko‘plab ranglardagi, jumladan – qora, ko‘k, yashil, pushti, qizil va oq tuslardagi korpuslarda taklif etiladi. Afsuski, hozircha uning narxi va taqdimot kuni aniq emas.

O‘QING: Redmi o‘ta arzon gadjetini yaxshilab, yana o‘sha narxida chiqardi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!