Potensial bestsellerlar – Galaxy A52 hamda Galaxy A72 narxlari chiqdi

  •   DiMaX
  •  4287
  •  26.01.2021 10:12

Potensial bestsellerlar – Galaxy A52 hamda Galaxy A72 narxlari chiqdi

Samsung kompaniyasining Galaxy A52 (yoki Galaxy A52 5G) smartfonlari ham Galaxy A50 va Galaxy A51 modellari kabi xit bo‘lishi kutilmoqda. Ushbu qurilmaning yana beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlamaydigan versiyasi – Galaxy A52 4G ham chiqishi ma’lum bo‘lgan.

O‘QING: Samsung’ning navbatdagi bestselleri – Galaxy A52 5G birinchi «jonli» rasmlarda!

Janubiy koreyalik texnogigant hamyonbop telefonlar turkumining yana bir vakili – Samsung Galaxy A72 modelini ham tayyorlamoqda. Biz avvalroq Geekbench servisida 4G-versiyadagi Galaxy A72 tekshirib ko‘rilgani haqida yozgan edik.

Germaniyadagi riteyler – Idealo onlayn do‘koni esa ushbu smartfonlarning Yevropa uchun belgilanayotgan narxlarini e’lon qildi. Katalogdagi qaydlarga ko‘ra, Samsung ularni quyidagi xotira konfiguratsiyalarida taklif etadi:

Galaxy A52 4G modeli, 6/128 GB xotirali – 369 yevro (taxminan $448)

Galaxy A52 4G modeli, 8/256 GB xotirali – 429 yevro (taxminan $521)

Galaxy A52 5G modeli, 6/128 GB xotirali – 459 yevro (taxminan $558)

Galaxy A52 5G modeli, 8/256 GB xotirali – 509 yevro (taxminan $619)

Galaxy A72 4G modeli, 6/128 GB xotirali – 449 yevro (taxminan $546)

Galaxy A72 4G modeli, 8/256 GB xotirali – 509 yevro (taxminan $619)

Demak, bu qurilmalarning taqdimoti yaqin, yangiliklarni biz bilan birga kuzatishda davom eting.

O‘QING: Eng tez va eng sekin arzonlashuvchi smartfonlar: qaysilarining narxi ikki karra tez pasayadi?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!