«Prava»ga o‘qimoqchimisiz? Endi onlayn nazoratda bo‘lasiz!

  •   DiMaX
  •  736
  •  18.01.2021 16:31

«Prava»ga o‘qimoqchimisiz? Endi onlayn nazoratda bo‘lasiz!

Joriy yilda yurtimizda haydovchilik guvohnomasini olmoqchi bo‘lganlarning davomati va o‘quv jarayonini onlayn nazorat qilish yo‘lga qo‘yilishi mumkin. Bu haqda IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi o‘zining Telegram-kanali orqali xabar bermoqda.

O‘QING: Qanday videolarni tarqatishga 22 million so‘mdan ortiq jarima belgilangan?

Xabarga ko‘ra, 2021 yilda Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati (DYHXBB) sohasida amalga qator istiqbolli rejalar amalga oshirilishi kutilmoqda. Jumladan, haydovchilik guvohnomasini olish uchun o‘qiyotgan nomzodlar davomati va o‘quv jarayonini onlayn tarzda nazorat qilish tizimini yaratish rejalashtirilmoqda.

Bundan tashqari, 2021 yilda transport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda arizalarni onlayn yuborish ham joriy etilishi kutilmoqda. To‘lovlarni esa to‘liq billing tizimiga o‘tkazish mo‘ljallangan. Bu fuqarolarning sababsiz kutib qolishlarining oldini olishga yordam berishi aytilmoqda.

O‘QING: RASMIY IZOH: IIV xodimlarini suratga yoki videoga olib, internetga chiqarish mumkinmi?