Press-render: Samsung Galaxy A5 (2017) qaysi ranglarda chiqadi?

Press-render: Samsung Galaxy A5 (2017) qaysi ranglarda chiqadi?

Slash Leaks resursi taqdimoti kutilayotgan Samsung Galaxy A5 (2017) modelining press-renderlarini e’lon qildi.

Renderga ko‘ra, ushbu model to‘rtta rang (ko‘k, pushti, tillarang va qora) variatsiyasida chiqarilishi mumkin.  Qurilmaga 5,2 dyuymli Full HD formatidagi displey, har biri 16 MPli asosiy va selfi kameralar, sakkiz yadroli Exynos 7880 protsessori, 3 Gb operativ va 32 GB doimiy xotira o‘rnatiladi. Batareya sig‘imi – 3000 mA/soat.

Hozircha Samsung Galaxy A5 (2017) 388 dollar narxida sotuvga chiqarilishi taxmin qilinmoqda.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.