Prezident amaldorlarni algoritmlarga almashtirishni buyurdi!

  •   DiMaX
  •  641
  •  07.12.2019 09:44

Prezident amaldorlarni algoritmlarga almashtirishni buyurdi!

Indoneziyada ommaviy korrupsiya muammoligicha qolayotir – ayrim so‘rovlar natijalariga ko‘ra, davlat xizmatchilarining taxminan yarmi poraxo‘r. Bundan tashqari, davlat xizmatlari juda byurokratlashgan. Mamlakat prezidenti Joko Vidodo bu muammolarning radikal yechimini taklif etdi.

O‘QING: Davlat xizmatlari markazlari endi onlayn navbatga turishingiz mumkin!

Prezident davlat xizmatchilarining bir qismini sun’iy ong bilan almashtirish haqida topshiriq berdi. Vidodo boshqarayotgan koalitsiya Indoneziya parlamentida 74% o‘rinni egallaganini hisobga olsak, uning har bir tashabbusi shubhasiz tasdiqlanadi.

ZME Science nashrining ta’kidlashicha, bu yerda gap biznes yo‘nalishini nazorat qiluvchi davlat idoralarini isloh qilish haqida ketyapti. Hozir ular to‘rtta darajadan iborat bo‘lib, prezident shuni ikkitagacha qisqartirmoqchi. Sun’iy intellektning qo‘llanishi qisqartirilayotgan xizmatchilarning o‘rnini bosa oladi.

Prezident bu islohot bilan biznesning rivojlanishidan umidvor. Uning rejasiga ko‘ra, shu taraqqiyot natijasida mamlakat xom ashyo eksportidan yuksak texnologiya mahsulotlari, masalan – elektromobillar eksportiga o‘tishi kerak.

Indoneziyada aynan qanday algoritmlarni qo‘llash rejalashtirilayotgani hozircha noma’lum. Shunga qaramasdan, bu omil hatto rivojlanayotgan mamlakatlarda ham sun’iy aql jonli ishchilarning o‘rniga qo‘llana boshlayotganini bildiradi.

AQShda esa avtomatlashtirish jadal ketyapti, ammo u yerda amaldorlarning emas, balki ishchilarning o‘rniga robotlarni qo‘llashmoqda.

O‘QING: Buxoroda robot davlat xizmatlari haqida ma’lumot bermoqda