Prezident farmoni: Har bir aholi punkti kamida 10 Mbit/s.lik internetga ulanadi!

  •   DiMaX
  •  2393
  •  07.10.2020 09:09

Prezident farmoni: Har bir aholi punkti kamida 10 Mbit/s.lik internetga ulanadi!

«Raqamli O‘zbekiston – 2030» strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident Farmoni (PF–6079-son, 05.10.2020 y.) qabul qilindi. Farmonga muvofiq, 2020 yil 1 noyabrdan barcha vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida amaldagi rahbar o‘rinbosarlaridan biriga raqamlashtirish bo‘yicha o‘rinbosar (Chief Digital Officer) vakolatlari yuklatiladi.

O‘QING: O‘zbekistonda elektr energiyasini hisoblashning yangicha prinsipiga o‘tiladi

Shuningdek, ushbu Farmonga ko‘ra, 2021 yil 1 yanvardan:

  • fuqarolar tomonidan tizim boshqaruvi, axborot xavfsizligini ta’minlash va boshqa talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarda xalqaro IT-sertifikatlarini olish xarajatlarining 50 foizgacha bo‘lgan qismi qoplab beriladi;
  • tajriba tariqasida jismoniy shaxsga identifikatsiya ID-kartasini berishda davlat organlari bilan elektron munosabatlarni yo‘lga qo‘yish uchun uning shaxsiy kabineti shakllantiriladi;
  • barcha uchun ochiq bo‘lgan mahalliy dasturiy mahsulotlar va IT-xizmatlar elektron platformasi yaratiladi.
  • 2021 yil 1 iyuldan Ochiq ma’lumotlar portalida davlat xaridlarini amalga oshirish, patentlar, dori vositalarini ro‘yxatga olish va boshqa umumfoydalanishdagi statistik ma’lumotlar onlayn joylashtirib boriladi.
  • 2021 yil 1 sentyabrga qadar har bir tuman va shaharlarda mavjud infratuzilma ob’yektlari negizida keng aholi qatlamlari, ayniqsa, yoshlar va ayollar uchun raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari ochiladi.
  • 2022 yil 1 yanvarga qadar barcha mashhur sayyohlik joylari yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlanadi.
  • 2022 yil yakuniga qadar har bir aholi punkti 10 Mbit/s dan kam bo‘lmagan ma’lumotlarni uzatish tezligidagi internet tarmog‘iga ulanish imkoniyati bilan ta’minlanadi.
  • 2023 yil yakuniga qadar barcha tuman va shaharlarda mavjud ta’lim muassasalari negizida 200 dan ortiq informatika va axborot texnologiyalarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktablar bosqichma-bosqich tashkil etiladi.

O‘QING: Mobil operator ommabop tarifini va cheksiz internetli to‘plamlarini bekor qilyapti