Prezident jonli efirda Instagram foydalanuvchisini haqoratladi va uni topib yo‘q qilishga va’da berdi (video)

  •   DiMaX
  •  1548
  •  19.05.2021 10:39

Prezident jonli efirda Instagram foydalanuvchisini haqoratladi va uni topib yo‘q qilishga va’da berdi (video)

Checheniston prezidenti Ramzan Qodirov internet tarmoqlaridagi turli chiqishlari bilan tanilgan. Telegram messenjeri Roskomnadzor tomonidan bloklanish tahdidiga uchraganida ham u mojaroga aralashgan edi.

O‘QING: Internetda qanday qilib to‘g‘ri va xavfsiz so‘kinish mumkin? Roskomnadzor buni misoli bilan ko‘rsatib berdi!

Kuni kecha Instagram ijtimoiy tarmog‘ida jonli efir qilayotganida, folloverlaridan biri unga: «Sen odam emassan, sen shaytonsan», deb yozgan. Bunga javoban prezident uni ochiqdan-ochiq haqoratlagan va topib yo‘q qilishini aytgan.

Guvohi bo‘lganingizdek, Ramzan Qodirov: «...Men seni topaman. Keyin ko‘ramiz shayton kimligini. Seni kechalari uxlay olmaydigan qilib qo‘yaman, hozirdan vasiyatingni yozib qo‘yaver, o‘lsang, oilangga qarashib turishadi. Men juda ko‘p shaytonlarni yo‘q qildim, seni ham yo‘q qilaman», deb ochiq tahdid qilgan.

O‘QING: Prezident xalqqa o‘z Telegram va WhatsApp raqamlarini berdi: «Meni ham guruhingizga qo‘shib qo‘ying!»

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mark Sukerberg o‘zining kompaniyasiga qarashli Messenger yoki WhatsApp emas, balki raqobatchi messenjerni ishlatishi fosh bo‘lgan edi. Yaqinda esa o‘sha Signal messenjeri foydalanuvchilarga Facebook hamda unga qarashli Instagram ular haqida qanday ma’lumotlarni to‘plashini ko‘rsatgan.

Biz oldinroq e’lon qilgan maqolada ma’lumotlarni eng ko‘p ulashuvchi 10 ilova, o‘z foydasi uchun ma’lumotlarni to‘plovchi 10 ta ilova, shaxsiy ma’lumotlarni eng ko‘p kuzatuvchi 10 ta ilova hamda ma’lumotlarni ulashmaydigan 10 ta ilova ro‘yxatlari berilgan.

Kuni kecha esa bir nechta ommabop messenjerlarning smartfon egalarining shaxsiy ma’lumotlarini to‘plash darajasi bo‘yicha yangi reytingi ham chiqqan.

O‘QING: Tekshirib ko‘ring: Facebook’dan sizning telefon raqamingiz ham o‘g‘irlanganmi?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!