Prezident qonunni imzoladi: yolg‘on axborot uchun 89 mln 200 ming so‘mgacha jarima yoki uch yilgacha ozodlikni cheklash jazosi!

  •   DiMaX
  •  503
  •  26.12.2020 12:48

Prezident qonunni imzoladi: yolg‘on axborot uchun 89 mln 200 ming so‘mgacha jarima yoki uch yilgacha ozodlikni cheklash jazosi!

O‘zbekiston Respublikasining ayrim kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun (O‘RQ–658-son, 25.12.2020 y.) Prezident tomonidan imzolandi. Bu xususda Yangi qonun hujjatlari, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma’lumotlar taqdim etuvchi Huquqiy axborot kanali yozmoqda.

O‘QING: Ijtimoiy tarmoqlarda ehtiyot bo‘ling: 89 mln so‘mgacha jarima to‘lashingiz mumkin!

Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, shaxsning qadr-qimmati kamsitilishiga yoki uning obro‘sizlantirilishiga olib keladigan yolg‘on axborotni tarqatish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet tarmog‘ida tarqatish BHMning 50 baravari (11 mln 150 ming so‘m) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Agar tarqatilgan yolg‘on axborot jamoat tartibiga yoki xavfsizligiga tahdid solsa, uni tarqatgan shaxs BHMning 100 baravarigacha (22 mln 300 ming so‘m) jarimaga tortilishi mumkin.

Jinoyat kodeksiga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, yolg‘on axborot tarqatganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan shaxs ushbu huquqbuzarlikka takroran yo‘l qo‘ysa, BHMning 400 baravarigacha (89 mln 200 ming so‘m) miqdorda jarimaga tortilishi yoki uch yilgacha ozodlikni cheklash jazosi bilan jazolanishi mumkin.

O‘QING: Koronavirus tufayli O‘zbekistonda umuman kutilmagan ijtimoiy tarmoq 1-o‘ringa chiqdi! (+infografik video)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!