Prezidentni ijtimoiy tarmoqlarda haqoratlagan jizzaxlikka jinoiy ish ochildi

  •   DiMaX
  •  536
  •  20.04.2021 08:51

Prezidentni ijtimoiy tarmoqlarda haqoratlagan jizzaxlikka jinoiy ish ochildi

O‘zbekiston Respublikasida davlat rahbarini internet tarmoqlarida haqoratlash yoki unga tuhmat qilish uchun jinoiy javobgarlik belgilangani haqida yozgan edik. Prezidentni ijtimoiy tarmoqlarda haqorat qilgan jizzaxlik erkakka jinoiy ish ochildi. Bu haqda viloyat prokuraturasi axborot xizmati xabar berdi.

O‘QING: Telegram asoschisi Shavkat Mirziyoyevni eslab o‘tdi

Ma’lum qilinishicha, 1969 yil Baxmal tumanida tug‘ilgan fuqaro V.K. internetning YouTube va Facebook tarmoqlarida «V.K.» (nomi qisqartirilgan) profillar ochib, ushbu profillari orqali turli mavzularda to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqishlar qilgan. O‘z chiqishlarida Prezident rahbarligida amalga oshirilayotgan islohotlarni jamoatchilikka noto‘g‘ri talqin qilgan.

Shuningdek, Prezidentni internet tarmoqlari orqali haqoratlab, davlat rahbarining obro‘siga putur yetkazuvchi va kamsituvchi ma’lumotlarni tarqatib, tuhmat qilib kelayotgani aniqlangan.

Holat yuzasidan Davlat xavfsizlik xizmati Jizzax viloyat boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 158-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘QING: Internetda qanday qilib to‘g‘ri va xavfsiz so‘kinish mumkin? Roskomnadzor buni misoli bilan ko‘rsatib berdi!