Pro Max model Ultra'ga aylanadimi?

Pro Max model Ultra'ga aylanadimi?

Garchi iPhone 14 seriyasi taqdim etilgan bo‘lsa-da, hali ular rasman sotuvga chiqmadi. Lekin media olami endi keyingi yilgi iPhone 15 seriyasi qanday bo‘lishiga qiziqmoqda.

Mashhur Apple tahlilchilari Ming Chin Kuo va Mark Gurman keyingi yilgi iPhone modellari qanday bo‘lishiga oid taxminlarni berishmoqda. Kuoning fikricha, Apple tobora raqobat kuchayib borayotgan bozorda sotuv hajmini oshirish uchun iPhone 15 seriyasini qayta ko‘rib chiqadi.

Xabar qilinishicha, Apple mijozlarni ko‘proq yuqori darajali smartfonlarni tanlashga undash uchun Pro va oddiy modellarning texnik ko‘rsatkichlari o‘rtasida katta nomutanosibligni yaratadi. Bu bilan Pro modellarning sotuv hajmi oshadi. Qimmatroq modellar ko‘proq sotilgani uchun foyda ham shunga yarasha ko‘proq bo‘ladi. 

Bundan tashqari, Kuo kompaniya Pro va Pro Max modellari o‘rtasidagi farqlarni ham kattalashtirishini taxmin qilmoqda. Gurman esa Pro Max nomi Ultra'ga o‘zgarishini taxmin qilmoqda. Shuni ta’kidlash kerakki, Apple o‘zining bu yilgi eng kuchli chipi hamda smart soatiga Ultra nomini berdi. 

O‘QING: iPhone 14 Pro va 14 Pro Max - yangiliklar yetarlicha 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.