Professional tasvirlar yaratamiz!

Professional tasvirlar yaratamiz!

Adobe Camera ilovasi bilan bir harakatda tasvirlaringizni professional darajada bo‘lishiga erishishingiz mumkin.

Hozircha ilova Google Play'da mavjud bo‘lmasa-da, APK fayldan foydalanishingiz mumkin.

Adobe Photoshop Camera (PhC) ning Android uchun talqini ustida test sinovi boshlandi. Bu ajoyib suratga olish ilovasi bo‘lib, nafaqat fotosuratlarni avtomatik ravishda tuzatadi, balki neyrotarmoqlar bazasidagi turli xil filtrlarni ham qo‘llashga imkon beradi.

Photoshop Camera tasvirning har xil turlari bilan ishlaydi. Agar bu portret yoki guruh fotosurati bo‘lsa, unda dastur yuzlarni tanib, kerakli hududlarni to‘g‘rilab chiqadi. Peyzaj va intererlar bo‘lsa, u tasvirning to‘yinganligini oshiradi, qorong‘i joylarni yoritadi yoki kerakli darajada detallashtiradi - fanatizm va haddan oshib ketishlarsiz. Quyida misollar bilan tanishishingiz mumkin.Yuqoridagi tayoqchani bosish orqali amallarni bekor qilishingiz ham mumkin. Shu yerda o‘ng tomonda turli xil parametrlarni qo‘lda sozlash mumkin: soyalar, ekspozitsiya, kontrast, oq rang balansi va boshqalar.Photoshop Camera, shuningdek, o‘rnatilgan va yuklab olinadigan effektlarning keng to‘plamini taklif etadi. Bundan tashqari, dastur turli manzaralarni taniy oladi va sizga eng mos keladigan filtrlarni tavsiya qiladi. Variantlar svayplar orqali almashtiriladi.

Ba’zi effektlar rasmni kartinaga aylantiradi, ayrimalari - fonga yulduzli osmon qo‘shadi, ba’zilari esa bir fotosuratni boshqasi bilan birlashtiradi va h.k. Hosil qilingan kontentni statik tasvir va videofayl shaklida saqlashingiz mumkin. Video sifatida saqlanganda, turli xil ob’yektlar sizning portretingiz atrofida harakatlanadi.

Photoshop Camera'ni qayerdan topish mumkin?
Ilova Google Play'da bo‘lmasada, uni APKMirror saytidan yuklab olishingiz mumkin. Avtorizatsiya qilish uchun sizga Android 9 Pie bazasidagi smartfon, shuningdek, Adobe, Google yoki Facebook akkauntlari kerak bo‘ladi.

Photoshop Camera test rejimida ishlayotgani sabab ilovada kamchiliklar kuzatilishi va smartfon qizishi mumkin. Fonda qurilma uchun juda og‘ir bo‘lgan dasturni saqlash tavsiya etilmaydi.

O‘QING: DxOMark yilning eng yaxshi selfifonlari reytingini e’lon qildi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!