«Propiska»da turuvchilar soni to‘g‘risida endi onlayn ma’lumotnoma olish mumkin!

  •   DiMaX
  •  1635
  •  17.11.2020 16:30

«Propiska»da turuvchilar soni to‘g‘risida endi onlayn ma’lumotnoma olish mumkin!

Yagona portal orqali Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy ro‘yxatga kirish mumkinligi haqida xabar bergan edik. Endi esa my.gov.uz shu yo‘nalishda yana bir xizmatni yo‘lga qo‘ydi, deb yozadi Xabar.uz nashri.

O‘QING: Gov.uz portalida «VAPSHE MALADES BALA» ro‘yxatga olindi!

Uyingizda ro‘yxatdan o‘tib yashayotganlar to‘g‘risida ma’lumotnoma zarurmi va yoki o‘sha biz bilgan 17-forma ma’lumotnomasini olish kerakmi? Bu endi juda oson!

Endilikda shu ma’lumotlarni olish uchun Ichki ishlar bo‘limlariga borib, navbat kutib o‘tirishingiz shart emas. Yagona portal (my.gov.uz) orqali uni bir zumda olish imkoniga egasiz.

Yagona portalda «Doimiy yashash joyida ro‘yxatdan o‘tib yashovchilar soni to‘g‘risida ma’lumotnoma» xizmatini tanlab, ma’lumotnomani onlayn tarzda oling.

Xizmat avtomatlashtirilgan va qisqa muddat ichida taqdim etiladi.

Xizmatga o‘tish uchun havola: https://my.gov.uz/uz/service/372

O‘QING: IMEI-kodni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha aniq va lo‘nda qo‘llanma

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!