PUBG ijodkorlari o‘yin voqealari haqida qisqa metrajli film ishlashdi

  •   DiMaX
  •  2809
  •  21.07.2020 13:55

PUBG ijodkorlari o‘yin voqealari haqida qisqa metrajli film ishlashdi

Hozirda PlayerUnknown's Battlegrounds o‘yini eng ommaboplaridan biri bo‘lib, keltiradigan dromadi ham shunga yarasha. May oyida uning smartfonlarga mo‘ljallangan – PUBG Mobile talqini eng ko‘p foyda keltirgan mobil o‘yin maqomiga erishgan.

O‘QING: PUBG Mobile milliardlab dollar daromadni qayerlardan olyapti o‘zi?

Bu o‘yinning yaratuvchilari The Sanhok Tapes («Sanok yozuvlari») nomli qisqa metrajli film yaratishdi. YouTube videoxostingidagi Playerunknown's Battlegrounds rasmiy kanalida e’lon qilingan lavha yetti daqiqa davom etadi.

Unda PUBG ijodkorlar jamoasi o‘yindagi navbatdagi matchni kuzatayotib, otryadlardan birining nazoratini qo‘ldan chiqarib qo‘yishadi. Ular vahimaga tushib qolishganida, onlayn suhbatga notanish birov qo‘shiladi, bu shaxsan Playerunknown’ning o‘zi bo‘lishi mumkin.

Ehtimol, yuqoridagi video – qiziquvchilarga PUBG olamida yuz berayotgan voqealar haqida ma’lumot beruvchi roliklar turkumining birinchisi bo‘lishi mumkin. Ya’ni, hali uning davomi ham chiqsa kerak, voqealarni birga kuzatamiz.

O‘QING: Musulmonlar e’tirozi bois PUBG Mobile’dan butparastlik animatsiyasi olib tashlandi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!