PUBG ishqibozlari uchun kutilmagan xushxabar!

  •   DiMaX
  •  2244
  •  28.07.2021 16:38

PUBG ishqibozlari uchun kutilmagan xushxabar!

Geymerlar yaxshi bilishadi: PlayerUnknown's Battlegrounds (mobil versiyasi – PUBG Mobile) eng ommabop o‘yinlardan biridir. Bu borada u bilan Fortnite bellashib kelayotir.

O‘QING: Musulmonlar e’tirozi bois PUBG Mobile’dan butparastlik animatsiyasi olib tashlandi

PUBG smartfonlarda o‘z o‘rnini egallab ulgurgan, lekin uning desktop versiyasi Fortnite’ga mag‘lub bo‘layotir. Shuning uchun mazkur loyiha dasturchilari PlayerUnknown’s Battlegrounds o‘yinining kompyuterlarga mo‘ljallangan talqinini bepul qilishni rejalashtirishmoqda.

Bu haqda xabar bergan PlayerIGN nikli insayderning ta’kidlashicha, PUBG yaqin orada «free-to-play» modeli asosida tarqatila boshlaydi. Ya’ni, o‘yinning o‘zi bazaviy bepul bo‘ladi, monetizatsiya esa uning ichidagi turli harbiy anjomlarni va ichki kontentni sotish orqali qilinadi.

Keyingi oydanoq PUBG ijodkorlari o‘yinni bir hafta mobaynida taqdim etishmoqchi; bunda ular geymerlarning reaksiyasini kuzatishadi. Kuzatuvlar natijalari muayyan mezonlarga mos kelsa, keyinroq bu shuterni bepul qilib yuborishadi.

O‘QING: Al-Azhar universiteti Ka’ba buzilishini o‘z ichiga olgan o‘yinlardan ogohlantiradi (+video)