PUBG kushandasi – bepul Apex Legends atigi 8 soatda bir millionlik ko‘rsatkichdan oshdi! (+video)

  •   DiMaX
  •  1227
  •  05.02.2019 16:49

PUBG kushandasi – bepul Apex Legends atigi 8 soatda bir millionlik ko‘rsatkichdan oshdi! (+video)

Respawn Entertainment studiyasi kecha – 4 fevralda Apex Legends o‘yinini rasman namoyish etdi. Mazkur o‘yin Titanfall olami bo‘ylab «shohona jang» bo‘lib, kuzatuvchilar uning PUBG’dan ham o‘zib ketishini aytishmoqda.

O‘QING: Survival Game’ni qarshi oling: Xiaomi ham PUBG va Fortnite kabi o‘yin taqdim etdi!

Apex Legends o‘yinida geymerlar uch kishilik jamoa bo‘lib kurashga kirishadilar, jang maydonida jami 20 otryad bo‘ladi. Unga yana MOBA unsurlari ham qo‘shilgan bo‘lib, har bir personaj alohida, o‘zigagina xos qobiliyatga ega.

«Shohona jang» qoidalariga ko‘ra, o‘yinchilar urush maydoniga qurolsiz holda tashlanadi. Lekin Apex Legend sal farqliroq: har bir personajning alohida qobiliyatlari orasida bitta super hujum ham bor. O‘yin boshida sakkizta personaj bo‘ladi, ammo dasturchilar keyingi yangilanishlarda ular sonini ko‘paytirishmoqchi.

Respawn bu o‘yinga yana markerlarni ham qo‘shgan: ular yordamida geymerlar xaritadagi kerakli joylarni, predmetlarni va hatto raqiblarini ham belgilab qo‘yishlari mumkin – bu esa o‘z jamoadoshlariga ko‘maklashish uchun kerak.

O‘QING: 2018 yildagi eng zo‘r o‘yinlar: PlayStation Blog versiyasi

Quyida Apex Legends o‘yinining Game Informer tomonidan taqdim etilgan yarim soatlik geympleyini tomosha qilish mumkin:

Apex Legends allaqachon PlayStation 4, Xbox One hamda kompyuterlar uchun bepul variantda taqdim etilgan, ammo ichida mikrotranzaksiyalari bor. O‘yin avvalida faqatgina oltita personaj bepul bo‘lib, qolgan ikkitasini o‘yindagi yoki premial valyuta evaziga xarid qilishga to‘g‘ri keladi.

Shuningdek, Respawn Entertainment studiyasining rahbari Vins Zampella o‘zining Twitter-akkauntida ushbu o‘yinning dastlabki statistikasini e’lon qildi. Unga ko‘ra, taqdim etilganidan keyingi sakkiz soat ichidayoq Apex Legends’ni bir milliondan oshiq geymer o‘ynagan. Demak, uning joriy yil xitlaridan biri bo‘lishiga yetarlicha asos bor.

O‘QING: 18 yashar yigitcha smartfon va o‘yin sababli o‘z joniga qasd qildi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!