PUBG mobil o‘yini yangilanmoqda

PUBG mobil o‘yini yangilanmoqda

PUBG mobil o‘yinining yangi versiyasi chiqish arafasida, unga ko‘plab yangi xususiyatlar, jumladan, yangi xarita qo‘shiladi. PUBG 2.2 o‘yichilarga yangi o‘yin rejimi, o‘yindagi vizual o‘zgarishlar va Erangel xaritasidagi yangilangan joylarni taqdim etadi. 

Yangi xarita Nusa deb nomlanadi va bu tropik oroli bo‘lib, bu yil boshida taqdim etilgan Call of Duty: Warzone o‘ynidagi Kaldera xaritasiga o‘xshaydi. Xaritaga, shuningdek, Super Recall funksiyasi qo‘shilgan bo‘lib, o‘yinda omon qolgan o‘yinchi o‘yinni tark etgan jamoadoshlarini o‘yinga qaytara oladi. 

Yakkalik bahslarda o‘yinchilar avtomatik ravishda qayta tiklanadi. Erangel xaritasiga vizual o‘zgarishlar kiritiladi. Gear Front rejimi barcha xaritalarga qo‘shiladi. Ushbu rejim yangi imkoniyatlar, shu jumladan, tez sur’atda o‘q otish, ko‘proq to‘qnashuvlarni taklif qiladi. Xarita esa yanada tez torayadi. 

O‘QING: Microsoft geyming uchun maxsus noutbuk tayyorlamoqda 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!