PUBG MOBILE 2.4 yangilanishi haqida batafsil

PUBG MOBILE 2.4 yangilanishi haqida batafsil

PUBG MOBILE uchun yangi 2.4 versiyasi yangilanishlari:

  • Jangovar qarama-qarshilik: Erangel va Livikda cheklangan vaqt uchun maxsus buyumlar, tadbirlar va mavzuli maydonlarni o‘z ichiga olgan o‘yin ichidagi jang san’ati festivali
  • Jang san’ati afsonasi Bryus Li ishtirokidagi noyob liboslar, buyumlar va tadbirlar
  • Yangi va takomillashtirilgan Metro Royale rejimi: bunda xaritalar, dushmanlar va yelementlarning sezilarli yangilanishlari taqdim yetilgan
  • Butunlay yangi qurol va transport vositalari
  • 10 mavsumning Yangi 4 sikli va Royale Pass 19.

PUBG MOBILE o‘zining yangi yangilanishini, 2.4 versiyasini ishga tushiradi, bunda o‘yindagi birinchi jang san’ati festivali – “Jangovar qarama-qarshilik” namoyon bo‘ladi! Jang san’ati ustasi Bryus Li ishtirokida qora kamarga loyiq deb topilgan o‘yinchilar jang san’ati bilan bog‘liq turli tadbirlarda ishtirok yetishlari va nishonlash uchun mo‘ljallangan maxsus buyumlarni ochishlari mumkin. Bundan tashqari, yangilangan Metro Royale rejimida "Tumanli Port" nomli yangi xarita mavjud bo‘lib, unda yangi qurollar va transport vositalari jang maydonlariga yetkaziladi. To‘rtinchi siklning o‘ninchi mavsumi va Royale Pass 19 o‘yin vaqtida zavqlanish uchun ko‘plab yangi skinlarni ochib beradi

PUBG MOBILEning yangilangan 2.4 versiyasi o‘z foydalanuvchilarini “Jangovar qarama-qarshilik”ning boshlanishi, shuningdek, Erangel va Livikdagi yangi buyumlar, tadbirlar va maydonlarni o‘rganish mumkin bo‘lgan jang san’ati festivali bilan hayratda qoldiradi. O‘yinchilar ryukzaklarida saqlanuvchi "raqsga tushuvchi sher" harakatlanuvchi transport vositasidan foydalanishlari mumkin. U o‘zingizni va do‘stingizni jang maydoni bo‘ylab sakrash yoki siltash orqali tezda tashish imkonini beradi. Biroq, ular faqat xaritalar bo‘ylab tarqalgan yangi jang san’atlari arenalarida paydo bo‘ladi - ularning yarmi ochiq, qolgan yarmi yesa teskari hisoblash oxirigacha qulflangan bo‘ladi. O‘yinning yangi buyumlari orasida qiyin vaziyatlardan qochish uchun turli maqsadlarda ishlatiluvchi ajoyib ilgak va yashirincha hujumlar uchun ideal bo‘lgan zaryad va chiqarishga yega bo‘lgan uzoq masofadan turib zarba beruvchi qurol, kamon mavjud. U portlovchi va oddiy murvatlar yordamida kengroq maydonga zarar yetkazishi mumkin.

O‘yinchilar yendi yangi "Nomus qasosi" funksiyasi bilan shafqatsiz qasos missiyalarini boshlash imkoniyatiga yega. O‘yinchilar jamoadoshi tomonidan likvidatsiyadan chaqirib olingandan so‘ng, ularni belgilangan vaqt ichida yo’q qilgan dushman izidan borishi mumkin. Muvaffaqiyat yoki g‘alabaga yerishilgan taqdirda mukofotlar "qasoskor" ga beriladi.
Yo‘q qilinishda qutilarni tashlab ketadigan muborak varraklar va chiroqlar shaharlar va jang san’atlari arenalari bo‘ylab tarqalib ketgan. Shuningdek, o‘yinda "Kung Fu Baozi" paydo bo‘ldi - ular salomatlik va quvvatni tiklaydi.

Bir hafta oldin, PUBG MOBILE Bruce Lee Family Company bilan hamkorlikni va 2.4 yangilanishida jahonga mashhur jang san’ati ustasi Bryus Lini o‘yinga taqdim yetishini ye’lon qildi. 10-yanvardan boshlab Bryus Li Kung Fu ruh to‘plami, qo‘l jangi bo‘yicha yekspertlar to‘plami va mister Kung-fu to‘plami kabi yelementlar o‘yinda mavjud bo‘lib, o‘yinchilarga jang san’ati afsonasining turli timsoli obrazlarini taqdim yetadi. Shuningdek, transport vositalari, parashyutlar va boshqalar uchun bir qancha skinlar hamda Bryus Li mavzusidagi yemotsiyalar mavjud.

Va nihoyat, o‘yinchilar Bryus Lini bir qator qiyin sinovlardan o‘tib, yeksklyuziv mukofotlarga yega bo‘lish maqsadida 10-26-yanvar kunlari “Orzular olamining shogirdi” tadbirida ishtirok yetishlari mumkin.

PUBG MOBILE uchun yangilangan 2.4 versiya o‘qotar qurollar va transport vositalari uchun katta yangilanishlar olib keladi. Bundan keyin yangi AAC Asalyegich quroli Erangel, Sanuk va Livikda 7,62 mm kalibrli o‘q-dori va yuqori otish tezligiga yega bo‘lib, uni yaqindagi janglar uchun ideal qiladi. Bundan tashqari, FAMAS Erangelda mavjud bo‘ladi, shu bilan birga, QBZ, SMG va mototsikl mexanikasi yanada yaxshilandi. Nihoyat, Miramar, Livik va Erangelda do‘stlar bilan velosipedda yurish uchun 2 o‘rinli velosipedlar yendi mavjud. Bundan tashqari, Livik cho‘lida tog‘ velosipedlari mavjud bo‘ladi.

9-yanvar kuni yangilangan yangi "Tumanli Port" xaritasiga yega Metro Royale rejimi sezilarli yaxshilanishlar bilan harakatga qaytadi. Yendi bu yerda ajoyib PvE tajribasi uchun ko‘proq o‘q-dorilar, transport yo’llari va NPC dushmanlari va boshliqlari mavjud. O‘yinchilar Metro Royale qora bozor o‘yini to‘plamlaridan, jumladan, Metro Sash orqali sotib olinadigan Premium o‘qotar qurollar to‘plami va Premium klassdagi zirh to‘plamidan foydalanishlari mumkin. Boshqa yaxshilanishlar qatoriga bir nechta maxsus xususiyatlarga yega yangi afsonaviy qurol-yarog‘lar, faqat yangi xaritada mavjud bo‘lgan to‘rtta yangi savdo obyekti, portlovchi moddalarga nisbatan oshirilgan zirh qarshiligi va inventarizatsiya sig‘imining oshishi kiradi.

Yangilangan 2.4 versiyada 17-yanvar kuni o‘ninchi mavsumning to‘rtinchi sikli ham kutib olinadi. O‘yinchilarni yangi afsonaviy predmetlar to‘plami, shuningdek, mavsum unvonlari tarixini kuzatish uchun, masalan, mavsumning tugashi borishini ko‘rish uchun yangi nom arxivlash tizimi kutmoqda. Mini-darajali va 100 ballli yulduzlar, shuningdek, to‘rtta yangi mavsum nomlari (Fenomen, Qudratli, Medik va Sammit) bilan tizimda istilochi darajasidagi o‘zgarishlar ham kiritildi.

Bundan tashqari, 17-yanvarda Royale Pass Month 19: “Qon qaynashi” boshlanadi, u yangi mukofotlar, sevimli RPlarga yega bo‘lgan yangilangan qutilar va o‘tgan mavsumlardagi sevimli mukofotlarga kirish huquqini beradi. Serverning oltin tovug‘i, bonusli RP balllari va guruhli xaridlar Metro Royaleda bajarilishi mumkin bo‘lgan ko‘plab yangi RP missiyalari bilan birga davom yetadi.

PUBG MOBILE uchun yangilangan 2.4 versiya tez orada mavjud bo‘ladi. O‘yinni App Store va Google Play do‘konida bepul yuklab oling.

PUBG MOBILE HAQIDA

PUBG MOBILE PUBG: BATTLEGROUNDSga, ya’ni 2017-yilda interfaol ko‘ngilochar o‘yinlar olamiga shiddat bilan kirib brogan genomenga asoslanadi. 100 tagacha o‘yinchilar parashyut yordamida alohida uzoq orolga sakrab tushishadi va “g‘olibga barcha narsa nasib qiladi” tamoyili bo‘yicha jangga kirishadilar. Ishtirokchilar o‘zlarining qurollarini, transport vositalari va aslahalarini yig‘ishlari, shuningde vizual va taktik boy jang maydonida har bir o‘yinchini yutishlari lozim bo‘lib, bu maydon ishtirokchilarni qisqartirilgan o‘yin zonasiga tushishga majbur qiladi.

PUBG MOBILE'ning Facebook, Twitter, Instagram va YouTube ijtimoiy tarmoqlaridagi rasmiy sahifalaridan batafsil malumot oling.

Bryus Li haqida

Bryus Li 1940-yil 27-noyabrda tug‘ilgan bo‘lib, uning asl ismi Li Chjun-fan. U Xitoy va amerikalik aktyor, rejissor, jang san’ati ustasi, jang san’ati murabbiyi va faylasuf. Li – jang san’atlari ichida pioner va turli yo’nalishlarga asoslangan Jit Kun Do, jang san’atlari gibrid falsafasining asoschisidir. Lining vafot yetganidan keyin 50 yildan ko‘p vaqt o‘tgan bo‘lsa ham, uning butun dunyodagi ta’si oldingiday kuchli. U barcha davrlardagi jang san’ati sharhchilari, tanqidchilari, himoyachilari va ustalari ichida yeng yaxshilaridan biri, shuningdek XX asr pop madaniyatining buyuk namoyandasi hisoblanib, u G‘arb va Sharq o‘rtasidagi tafovutni yengib o‘tishga muvafaq bo‘ldi.

Bryus Lining oilaviy kompaniyasi haqida

Bryus Lining oilaviy kompaniyasi – bu Bryus Lining san’ati va falsafasini bo‘lishishga undash vazifasini o‘z oldiga maqsad qilib olgan tashkilot bo‘lib, u insonlarni shaxsan o‘sish va uyg‘unlikda yashovchi individuallik sari yetaklaydi. Ushbu kompaniya yaratadigan mahsulot va kontentlar individual talantlarimizni rivojlantirish yo’li bilan yuraklarni ochish, ijodni rag‘batlantirish va birbirimiz bilan aloqani his qilishga undashga qaratilgan.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!