PUBG Mobile, AliExpress va yana uch yuzta xitoycha ilova xavf ostida!

  •   DiMaX
  •  2310
  •  29.07.2020 15:43

PUBG Mobile, AliExpress va yana uch yuzta xitoycha ilova xavf ostida!

Smartfondan xitoycha dasturlarni o‘chirishga yordam beruvchi Remove China Apps ilovasi chiqiboq xitga aylanganligi haqida yozgan edik. Biroq Google kompaniyasi Xitoy va Hindiston orsidagi ziddiyat sababli ommalashgan bu ilovani Play Market’dan tezda olib tashlagan.

O‘QING: Bu messenjer qip-qizil josus ekan-ku!

Siyosiy sabablarga ko‘ra Hindiston joriy yilda 59 ta xitoycha ilovani taqiqlagan, ular orasida TikTok, ShareIt, UC Browser, WeChat, CamScanner kabi mashhurlari ham bor. Keyinroq esa mamlakatda yana 47 ta ilova cheklandi – bular asosan oldin taqiqlangan o‘sha dasturlarning «yengillashtirilgan» versiyalari yoki klonlaridir.

So‘nggi xabarlarga ko‘ra, Hindiston hukumati endi Xitoyning yana 275 ta mobil dasturini xavfsizlik va maxfiylik jihatidan tekshirishga kirishgan. Anglab turganingizdek, ularni ham biror bahona bilan «fillar o‘lkasi»da cheklashga harakat boshlangan.

Yangi ro‘yxatda dunyo bo‘yicha ommabop shuter – PUBG Mobile o‘yini hamda AliExpress onlayn do‘konining mobil ilovasi ham bor. TikTok’dan tashqari, ByteDance startapining yana Resso hamda Ulike oqimli musiqa servislari ham xavf ostida turibdi. Shuningdek, smartfonlari Hindistonda o‘ta ommalashgan Xiaomi kompaniyasining 14 ta ilovasi taqiqlanishi mumkin.

PUBG Mobile uchun cheklov o‘rnatilsa, bu Tencent kompaniyasi uchun qattiq zarba bo‘ladi. Zero, mazkur o‘yin uchun Hindiston eng yirik bozor hisoblandi – bu yerda uni 175 milliondan oshiq o‘rnatib olishgan; bu esa umumiy yuklab olishlarning salkam 24 foizini tashkil etadi.

O‘QING: Musulmonlar e’tirozi bois PUBG Mobile’dan butparastlik animatsiyasi olib tashlandi