PUBG Mobile bitta mamlakat uchun eksklyuziv versiyada chiqyapti (+video)

  •   DiMaX
  •  1352
  •  07.05.2021 10:45

PUBG Mobile bitta mamlakat uchun eksklyuziv versiyada chiqyapti (+video)

PlayerUnknown's Battlegrounds o‘yinining mobil qurilmalarga mo‘ljallangan – PUBG Mobile talqini geymerlar orasida o‘ta mashhur. 2018 yilning fevralida namoyish qilinganidan to 2021 yil martning oxirigacha u keltirgan daromad miqdori 5,1 milliard AQSh dollaridan oshib ketgan.

O‘QING: Smartfon egalari 2020 yilda qaysi o‘yinlarga eng ko‘p pul sarflashdi?

O‘yinsozlar uchun kattaligi bo‘yicha ikkinchi o‘rindagi bozor bo‘lgan Hindistonda avvalroq PUBG Mobile cheklangan edi. Bu yerdagi daromaddan quruq qolmaslik uchun uning ijodkori – Krafton studiyasi Battlegrounds Mobile India nomli mahsulotini e’lon qildi. Hindiston geymerlariga mo‘ljallangani nomidan ham ko‘rinib turgan ushbu o‘yin ma’lum darajada PUBG Mobile’ning nusxasidir.

Battlegrounds Mobile India o‘qinida aynan Hindistonga moslangan – hukumat talablariga mos eksklyuziv kontent, personajlarda ham shunga yarasha kiyimlar va xususiyatlar bo‘ladi. Krafton bu borada mahalliy o‘yinsozlar bilan hamkorlik qiladi, geymerlarning shaxsiy ma’lumotlari maxfiyligini ta’minlashda ham ularning ko‘magiga tayanadi.

O‘QING: Eng, eng, eng... mobil o‘yinlar uchta reytingda (App Annie, 2020 yil)

Battlegrounds Mobile India versiyasida, tabiyki, original o‘yindan farqlanuvchi bir qator cheklovlar ham ko‘zda tutilgan. Unda geymerlar o‘z ota-onalarining yoki vasiylarining telefon raqamlarini taqdim etishlari shart. Shuningdek, kunlik vaqt va mablag‘ sarfi ham cheklangan – tegishlicha uch soat va taxminan 95 AQSh dollariga teng.

Krafton yaqin orada Battlegrounds Mobile India uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish ochilishini aytgan, ammo sanasini aniq ko‘rsatmagan.

Ushbu o‘yin atrofidagi sarguzashtlar ham qiziq: 18 yashar yigitcha PUBG Mobile tufayli o‘z joniga qasd qilgan, uni o‘ynayotgan voyaga yetmaganlarni hibsga olish boshlangan. Bir necha mamlakatda shu va boshqa o‘yinlar taqiqlangan, musulmonlar e’tirozi bois PUBG Mobile’dan butparastlik animatsiyasi olib tashlangan. PUBG ijodkorlari o‘yin voqealari haqida qisqa metrajli film ishlashgan, fanatlari esa o‘zlarini o‘ldira boshlashgan. PUBG Mobile cheklangach, boshqa mobil o‘yinlarning omadi chopgan, bu o‘yinga Metro Exodus uslubidagi yangi xarita va rejim qo‘shilgan.

O‘QING: PubG haqida siz bilgan va bilmagan faktlar

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!