PUBG Mobile cheklangach, boshqa mobil o‘yinlarning omadi chopdi

  •   DiMaX
  •  2643
  •  09.09.2020 18:09

PUBG Mobile cheklangach, boshqa mobil o‘yinlarning omadi chopdi

Xitoy bilan siyosiy ziddiyat tufayli, 2 sentyabr kuni Hindiston hukumati 118 ta xitoycha o‘yin va ilovani taqiqlayotganini e’lon qilgan. Ular orasida esa mashhur PlayerUnknown's Battlegrounds o‘yinining mobil qurilmalarga mo‘ljallangan – PUBG Mobile talqini ham bor.

O‘QING: OGOH BO‘LING: Bu ommabop o‘yin fanatlari o‘zlarini o‘ldira boshlashdi!

Sensor Tower ma’lum qilishicha, PUBG Mobile taqiqlanganidan so‘ng boshqa o‘yinlarning ommabopligi oshib ketgan. Hindiston bozorida iOS tizimida ham, Android tizimida ham eng ko‘p yuklab olinayotgan o‘yinlar TOP-uchtaligiga Garena Free Fire, Ludo King hamda Call of Duty: Mobile kirgan.

Statistikaga ko‘ra, 2 sentyabrdan 5 sentyabrgacha bo‘lgan qisqa muddat ichida Garena o‘yinining yuklanishlar soni 2,1 millionga yetgan, Ludo King o‘yinida esa bu ko‘rsatkich 1,52 millionni tashkil etgan. Call of Duty: Mobile esa bu muddatda «atigi» 1,15 million marta o‘rnatib olingan bo‘lsa-da, uning keyingi 30 kunlik ko‘rsatkichi yuqori bo‘lib, Apple App Store bo‘yicha u birinchi o‘rinni olgan.

Daromad keltirishi nuqtai nazaridan esa Call of Duty: Mobile eng serdaromad mobil o‘yin bo‘lgan. Bu borada kuchli beshlikka tegishlicha Garena Free Fire, Gardenscapes, Candy Crush Saga hamda Coin Master ham kirgan.

Darvoqe, PlayerUnknown's Battlegrounds Mobile o‘yinining Hindistonda cheklanishi masalasi yuzasidan kecha PUBG Corporation bayonot bergan. Unga ko‘ra, o‘yin ijodkorlari Tencent kompaniyasidan noshirlik huquqini olib qo‘yishgan va uni yana Google Play hamda App Store kataloglariga qaytarish uchun Hindiston hukumatidan rozilik olishga urinib ko‘rishmoqchi.

O‘QING: PUBG Mobile milliardlab dollar daromadni qayerlardan olyapti o‘zi?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!