PUBG Mobile milliardlab dollar daromadni qayerlardan olyapti o‘zi?

  •   DiMaX
  •  4793
  •  04.07.2020 17:52

PUBG Mobile milliardlab dollar daromadni qayerlardan olyapti o‘zi?

Sensor Tower tahlil kompaniyasi yaqinda smartfon egalari eng ko‘p pul sarflagan mobil o‘yin va ilovalarning reytingini bergan edi. Endi esa u serdaromadlik bo‘yicha yetakchi o‘yin haqida ayrim ma’lumotlarni oshkor etdi.

O‘QING: 72 yoshli bu boboy nega o‘z velosipediga 64 ta smartfon o‘rnatib olgan?

Ommabop onlayn shuter – PlayerUnknown's Battlegrounds o‘yinining smartfonlarga mo‘ljallangan PUBG Mobile talqini chiqqaniga ikki yildan sal oshiqroq vaqt bo‘ldi. Shu muddat ichida u ishlab chiquvchilarga naq 3 milliard AQSh dollari miqdorida daromad keltirdi!

PUBG Mobile joriy yilning o‘tgan birinchi yarmidagina 1,3 milliard dollarlik foyda bergan. Sensor Tower hisobotiga ko‘ra, u ko‘p foydalanuvchili mobil o‘yinlar bozorida, shuningdek, Battle Royale janri bo‘yicha yetakchilik qilmoqda.

Ushbu qiziqarli o‘yinni dunyo bo‘ylab 734 million martadan oshiq yuklab olishgan. Yuklab olishlarning eng ko‘pi – 24 foizi Hindiston hissasiga to‘g‘ri keladi. Xitoy bu borada 16,7 foizlik ko‘rsatkich bilan ikkinchi o‘rinda bo‘lsa, uchinchi o‘rinni 6,4 foizlik ulush bilan AQSh egallagan.

PUBG Mobile keltirgan daromadlarning yarmidan ko‘pi – 52 foizi xitoylik geymerlardan tushgan. Ikkinchi o‘rinda AQShlik mobil o‘yin ishqibozlari turibdi – 14 foiz. Ushbu o‘yinga sarflangan pullarning 3,6 foizi esa yaponlarga to‘g‘ri keladi.

O‘QING: Musulmonlar e’tirozi bois PUBG Mobile’dan butparastlik animatsiyasi olib tashlandi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!