PUBG Mobile o‘yiniga Metro Exodus uslubidagi yangi xarita va rejim qo‘shilyapti! (+video)

  •   DiMaX
  •  2290
  •  12.11.2020 11:47

PUBG Mobile o‘yiniga Metro Exodus uslubidagi yangi xarita va rejim qo‘shilyapti! (+video)

Geymerlar orasida PlayerUnknown's Battlegrounds o‘yinining mobil qurilmalarga mo‘ljallangan – PUBG Mobile talqini o‘ta mashhur. Ishlab chiquvchilar unga yaqin orada yana bir ommabop o‘yin – Metro Exodus uslubidagi olishuvni qo‘shishyapti.

O‘QING: PUBG Mobile cheklangach, boshqa mobil o‘yinlarning omadi chopdi

O‘yinsozlar PUBG Mobile’ga yangi – «Erangel» xaritasini qo‘shishdi – uning o‘zi ham, bu yerda kechadigan match rejimi ham Metro Exodus uslubida ishlab chiqilgan.

Metro Royale nomli ushbu matchda jang qoidalari ham oddiy olishuvlardagi kabi, lekin sal o‘zgartirilgan bo‘lyapti. Xususan, unda o‘sha «Metro» o‘yinlari va kitoblaridagi maxluqlar mavjud – ular istalgan vaqtda geymerlarga tashlanib qolishi mumkin.

Yangi match o‘ziga xosliklaridan biri – relslar uzra harakatlanish imkoni hamda himoyagoh qo‘shilganligidir. Geymerlar tanaffus paytida bu boshpanada tin olib, «Metro» turkumi kitoblaridan olingan NPC (o‘yindan tashqari personaj) bilan suhbat qurishlari mumkin bo‘ladi.

Metro Royale rejimi PUBG Mobile o‘yiniga 16-mavsumdan boshlab qo‘shiladi.

O‘QING: OGOH BO‘LING: Bu ommabop o‘yin fanatlari o‘zlarini o‘ldira boshlashdi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!