PUBG Mobile o‘z yaratuvchilariga $5 mlrd.dan oshiq foyda keltirdi: ko‘proq kimlarning cho‘ntagidan?

  •   DiMaX
  •  1309
  •  30.03.2021 10:39

PUBG Mobile o‘z yaratuvchilariga $5 mlrd.dan oshiq foyda keltirdi: ko‘proq kimlarning cho‘ntagidan?

Fortnite ommalashganidan so‘ng geymerlar PlayerUnknown's Battlegrounds o‘yinini unutgandek tuyulishi mumkin, lekin aslida unday emas. Xususan, uning mobil qurilmalarga mo‘ljallangan – PUBG Mobile talqini haliyam mashhur.

O‘QING: PUBG Mobile milliardlab dollar daromadni qayerlardan olyapti o‘zi?

Sensor Tower tahlil firmasi ma’lumotlariga ko‘ra, PUBG Mobile relizidan buyon u keltirgan daromad miqdori 5,1 milliard AQSh dollaridan oshib ketgan. Bunda xitoylik iOS-gadjetlar egalarining hissasi katta: mazkur loyihaga ular $2,8 milliard sarflashgan!

Yana bir qiziq fakt: PUBG Mobile butun 2020 yil davomida ham taxminan shuncha – 2,7 milliard dollar ishlab topgan. Tahlilchilar ta’kidlashlaricha, koronavirus pandemiyasi o‘yinsozlarning foydasiga ishlagan.

Quyidagi diagrammada 2020 yilning to‘rtta choragida PUBG Mobile qancha daromad keltirgani ko‘rsatilgan:

Eslatib o‘tamiz, original PlayerUnknown's Battlegrounds o‘yini kompyuterlar uchun 2017 yili taqdim etilgan va o‘shanda hali yangi bo‘lgan «shohona jang» janrini tezda ommalashtirib yuborgan. O‘yinning mobil versiyasi bo‘lsa 2018 yilning fevralida namoyish qilingan va tezda o‘z auditoriyasini topgan – uch yilda PUBG Mobile milliard martadan oshiq yuklab olingan.

Keltirayotgan daromadidan tashqari, bu o‘yin atrofidagi sarguzashtlar ham qiziq: 18 yashar yigitcha PUBG Mobile tufayli o‘z joniga qasd qilgan, uni o‘ynayotgan voyaga yetmaganlarni hibsga olish boshlangan. Bir necha mamlakatda shu va boshqa o‘yinlar taqiqlangan, musulmonlar e’tirozi bois PUBG Mobile’dan butparastlik animatsiyasi olib tashlangan. PUBG ijodkorlari o‘yin voqealari haqida qisqa metrajli film ishlashgan, fanatlari esa o‘zlarini o‘ldira boshlashgan. PUBG Mobile cheklangach, boshqa mobil o‘yinlarning omadi chopgan, bu o‘yinga Metro Exodus uslubidagi yangi xarita va rejim qo‘shilgan.

O‘QING: PubG haqida siz bilgan va bilmagan faktlar

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!