PUBG Mobile’dan 78 foizga, Fortnite Mobile’dan esa naq 83 foizga ko‘p daromad keltirgan o‘yinni bilasizmi?

  •   DiMaX
  •  2468
  •  25.06.2020 14:00

PUBG Mobile’dan 78 foizga, Fortnite Mobile’dan esa naq 83 foizga ko‘p daromad keltirgan o‘yinni bilasizmi?

Sensor Tower hisobotiga ko‘ra, 2019 yili smartfonlarga eng ko‘p yuklab olingan o‘yin PUBG Mobile bo‘lgan. Lekin o‘sha reytingda oltinchi o‘rinni olgan Call of Duty: Mobile hozir juda katta yutuqlarga erishmoqda.

O‘QING: Mobil o‘yinlar tarixida misli ko‘rilmagan rekord! (+video)

Ma’lum bo‘lishicha, Call of Duty: Mobile taqdim etilganidan keyingi dastlabki 265 kun mobaynida Android hamda iOS-qurilmalarga jami 250 million martadan oshiq yuklab olingan. Shunaqa muddatda o‘rnatib olishlar bo‘yicha oldingi rekord PUBG Mobile shuteriga tegishli bo‘lib, uning ko‘rsatkichi 236 millionta o‘rnatishga teng edi.

Bundan tashqari, Call Of Duty: Mobile o‘yini shunday muddat davomida keltirgan daromadi bo‘yicha Battle Royale janridagi har qanday mobil loyihadan ko‘ra ko‘proq daromad keltirgan.

Shunday qilib, Call Of Duty: Mobile ilk 265 kun davomida 327 million dollar foyda keltirgan. Bu natija esa PUBG Mobile ko‘rsatkichlaridan 78 foizga, yana bir muvaffaqiyatli o‘yin – Fortnite Mobile daromadidan esa 83 foizga yuqoridir.

O‘QING: O‘yin yaratuvchilari qayerdan va qancha pul topadi?

Call Of Duty: Mobile uchun eng serdaromad oy 2019 yilning oktyabri bo‘lgan – dasturchilar unda 55 million dollar ishlab olishgan. Keyin esa, 2020 yilning may oyida (koronavirus pandemiyasi pallasida) ham bu o‘yin yaxshigina – 53 million dollar foyda keltirgan. Daromadning asosiy qismi – 41 foizi AQShdagi geymerlardan kelgan, keyingi o‘rinlarda esa Yaponiya va Braziliya kelmoqda.

Mazkur o‘yin ishqibozlari AQShda eng ko‘p – Call Of Duty: Mobile u yerda 45 million marta o‘rnatib olingan va bu umumiy yuklashlarning 18 foiziga to‘g‘ri keladi. Keyingi o‘rinda Hindiston turibdi, kuchli uchlikni Braziliya yakunlab bergan.

Darvoqe, Call Of Duty: Mobile ishlab chiquvchisi – Tencent kompaniyasining onlayn o‘yinlardan olgan daromadi joriy yilning birinchi choragida 30 foizga o‘sgan va u Koronavirusdan foyda olayotgan IT-kompaniyalar TOP-o‘ntaligiga kirgan.

O‘QING: Eng serdaromad mobil o‘yinlar: bittasining o‘zi bir oydayoq 226 million dollardan oshiq foyda keltirdi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!