PUBG o‘ynayotgan voyaga yetmaganlarni hibsga olish boshlandi!

  •   DiMaX
  •  2701
  •  16.03.2019 11:51

PUBG o‘ynayotgan voyaga yetmaganlarni hibsga olish boshlandi!

Jangovar xarakterdagi videoo‘yinlarning yosh bolalar va o‘smirlar ruhiyatiga salbiy ta’siri borligi ma’lum. Ularga bog‘lanib qolganlar tashqi dunyodan deyarli uzilib, fikri-xayoli o‘yin bilan bo‘lib qolgani-ku mayli, lekin...

O‘QING: 18 yashar yigitcha smartfon va o‘yin sababli o‘z joniga qasd qildi!

Shu kabi holatlar sababli, avvalroq 11 yoshli bir bola PUBG Mobile o‘yini zo‘ravonlikni targ‘ib etishini aytib, uni taqiqlashni so‘rab Hindiston hukumatiga murojaat yo‘llagan. Shundan so‘ng mamlakatning ayrim hududlarida bu o‘yinni taqiqlay boshlashgan.

Bolalar va o‘smirlarda tajovuzkor xulqning va zo‘ravonlikning oshib borayotganida PlayerUnknown’s Battlegrounds o‘yini aybdor deb topilgach, Gujarat shtati hokimiyati uni taqiqlab qo‘ygan. O‘tgan haftadan politsiya ushbu o‘yinni o‘ynayotgan bolalar va o‘smirlarni hibsga ola boshlagan. Qo‘lga olinganlarga tushuntirish berilib, ogohlantirgan holda qo‘yib yuborilmoqda.

Mamlakat bosh vaziri Narendra Modi (Narendra Modi) joriy yilning yanvarida, PUBG va Fortnite kabi o‘yinlarning o‘ta ommalashuvi ota-onalar uchun qiyinchiliklar tug‘dirayotganini aytgan edi. Garchi u aynan shu ikkita o‘yin nomini tilga olgan bo‘lsa-da, hozircha voyaga yetmaganlarga Fortnite emas, balki faqat PUBG o‘ynash taqiqlangan.

O‘QING: Fortnite’da bolalarni o‘ldirishyapti – buni ota-onalarning o‘zlari iltimos qilishmoqda! (+video)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!