PUBG o‘ynining yangi versiyasi chiqmoqda

PUBG o‘ynining yangi versiyasi chiqmoqda

Krafton Inc kompaniyasi PUBG: New State deb nomlanuvchi mashhur PUBG onlayn o‘yinining yangi versiyasi 11 noyabrda chiqishini rasman e’lon qilib, barcha mish-mishlarga nuqta qo‘ydi. O‘yin 200 dan ortiq mamlakatlarda iOS va Android uchun 17 xil tilda mavjud bo‘ladi.  Yakuniy texnik test 29-30 oktyabr kunlari o‘tkaziladi. 

O‘QING: PubG haqida siz bilgan va bilmagan faktlar 

PUBG: New State asl PUBG Mobile o‘yinidagi ba’zi funksiyalardan foydalanadi, lekin yangilik sifatida, o‘yinga yangi xaritalar, futuristik transport vositalari va yangi qurollar qo‘shiladi. Krafton uni “hozirgi kundagi eng real va texnologik jihatdan ilg‘or mobil o‘yinlardan biri“ deb atamoqda. 

Kompaniya barqaror xizmat ko‘rsatish uchun o‘yinchilar bilan faol muloqot qilishini aytdi. Bu to‘qqizta global xizmat ko‘rsatish markazlarini tashkil etish orqali amalga oshiriladi.

O‘yindagi qoydalarni buzishga qarshi keng qamrovli choralar ko‘rildi, Krafton ruxsatsiz dasturlar, emulyatorlar va hatto klaviatura va sichqonlardan foydalanishni taqiqlaydi.  O‘yinchilar va jamoaning fikri diqqat bilan kuzatiladi va tahlil qilinadi. Ushbu tahlillar natijasiga qarab kompaniya o‘yinga o‘zgartirishlar kiritadi. 

O‘QING: PUBG Mobile, TikTok, Instagram, YouTube va Telegram uchun operator alohida trafik beryapti 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.