PUBG va COD MOBILE uchun raqobatchi

PUBG va COD MOBILE uchun raqobatchi

Uzoq vaqt kutishlardan keyin EA vanihoyat o'zining battle-royale janridagi Apex Legends shuter o'yinining mobil versiyasini Play Store va App Store do'konlaridan yuklab olish uchun chiqardi. O'yin uchun oldindan ro'yxatdan o'tganlarning hozirda 5 milliondan ortig'i o'yinni Google Play Store'dan yuklab olishga ulgurgan.

Xabarlarga ko'ra, Apex Legends Mobile hozirda kontrollerlarni qo'llab-quvvatlamaydi biroq mahsulot senyor rahbarining aytishicha ishlab chiqish guruhi bu ustida faol ishlamoqda. Shuningdek, o'yin kros-pley xususiyatiga ega emas, ya'ni kompyuter o'yinchilar mobil qurilma o'yinchilari bilan bitta matchda o'ynay olmaydilar.

Apex Legends Mobile ham kompyuter va konsoldagi kabi deyarli bir xil tajribaga ega. Shuter janridagi turli xil rejimlarga ega o'yinni Android uchun Google Play'dan 2.7GB va iOS uchun App Store'dan 3.5GB hajmda yuklab olish mumkin.

O'QING: Battlefield Mobile qachon chiqarilishi ma’lum qilindi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!