PUBGB kutilmaganda nomini o‘zgartirdi va bir hafta bepul bo‘ldi!

  •   DiMaX
  •  2066
  •  07.08.2021 10:53

PUBGB kutilmaganda nomini o‘zgartirdi va bir hafta bepul bo‘ldi!

Geymerlar orasida bestseller bo‘lgan PlayerUnknown's Battlegrounds (qisqartmada – PUBG, mobil versiyasi – PUBG Mobile) ishlab chiquvchilari kutilmagan o‘zgarish qilishdi. O‘yinning nomi o‘zgardi – endi u PUBG: Battlegrounds deb ataladi.

O‘QING: Musulmonlar e’tirozi bois PUBG Mobile’dan butparastlik animatsiyasi olib tashlandi

O‘yin nomining PUBG: Battlegrounds tarzida almashtirilishi baribir g‘alati: agar uni to‘liq kengaytirilsa – PlayerUnknown's Battlegrounds: Battlegrounds, butkul qisqartirilsa – PUBGBG nomlari kelib chiqadi va ikkalasi ham g‘aliz.

Esingizda bo‘lsa, ushbu o‘yin yaqin orada «free-to-play» modeli asosida tarqatila boshlashi haqida xabar bergan edik. Ya’ni, o‘yinning o‘zi bazaviy bepul bo‘ladi, monetizatsiya esa uning ichidagi turli harbiy anjomlarni va ichki kontentni sotish orqali qilinadi. Aftidan, uning jamoasi shunga tayyorgarlik ko‘rmoqda – loyiha mualliflari uni bir hafta davomida bepul o‘ynash imkonini barchaga taqdim etishmoqda.

Posterda ko‘rib turganingizdek PUBG: Battlegrounds o‘yinini 10 avgustdan to 16 avgustgacha mutlaqo bepul o‘ynash mumkin.

O‘QING: Al-Azhar universiteti Ka’ba buzilishini o‘z ichiga olgan o‘yinlardan ogohlantiradi (+video)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!