PUBG’da uzoq kutilgan yangilanish: Martaba rejimi va boshqalar (+video)

  •   DiMaX
  •  4461
  •  21.05.2020 12:10

PUBG’da uzoq kutilgan yangilanish: Martaba rejimi va boshqalar (+video)

PlayerUnknown's Battlegrounds o‘yinining 7.2-versiyasi test bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib, geymerlarga ommaviy taqdim etildi. Undagi asosiy yangi imkoniyatlardan biri – Martaba rejimi (Rangoviy rejim – Ranked Mode) bo‘ladi.

O‘QING: PUBG haqida siz bilgan va bilmagan faktlar

Dasturchilarning ta’kidlashlariga ko‘ra, Martaba rejimini ular o‘yindagi jiddiy olishuvlarni istovchi va o‘z mahoratini boshqalarga ko‘z-ko‘z qilishga ishtiyoqmand geymerlar uchun yaratishgan.

Unda jangga kirishish uchun oldin TPP va FPP rejimlarining har birida saralash bosqichida g‘olib bo‘lish kerak. Ularning yakunlariga ko‘ra o‘yinchiga Martaba rejimida boshlang‘ich martaba beriladi. Har bir jangdagi natijaga bog‘liq holda geymerlar ochko oladi yoki yo‘qotadi; mavsum so‘ngida esa ularga sovrinlar topshiriladi va reyting bekor qilinadi.

Yangi geymerlar Martaba rejimida ishtirok etish uchun oldin boshqa rejimlarda o‘ynab, o‘z mahoratlarini oshirishlari, yashab qolish malakalarini o‘zlashtirishlari kerak bo‘ladi.

Martaba rejimidagi o‘yinlarda 64 geymer ishtirok etuvchi, PUBG Esports uchun tayyorlangan SUPER versiyasining sozlamalari va buyumlari qo‘llanadi. Unda professional variantdagi xaritalar ishlatiladi: Erangel, Miramar va Sanok. Dasturchilar bu reytingda qizil hudud va botlar bo‘lmasligini alohida ta’kidlashgan.

O‘QING: Bu mobil o‘yin atigi uch oyda salkam yarim milliard dollar daromad keltirdi!

Martaba rejimi qoidalari quyidagicha:

  • 64 nafar ishtirokchi, faqat otryad, FPP / TPP.
  • Tasodifiy xarita: Erangel, Miramar yoki Sanok.
  • Qizil hudud va botlar yo‘q.
  • O‘yinning shiddatini oshirish maqsadida yashil hududning chastota va tezligi o‘zgartirilgan.

Quyida esa Martaba rejimidagi o‘yinga bag‘ishlangan videoni ko‘ramiz:

Yangi rejimni chiterlardan himoyalash maqsadida, dasturchilar unda telefon raqami orqali ro‘yxatdan o‘tishni joriy etishgan. Ya’ni, PlayerUnknown's Battlegrounds o‘yinida va uning PUBG Mobile mobil versiyasida ban qilinganidan so‘ng yangi akkaunt yaratish endi qiyinroq kechadi.

O‘QING: Android-smartfonlar va iPhone’larga eng ko‘p yuklangan ilova hamda o‘yinlar ikkita reytingda