Pulingiz qaytarib ham beriladigan «Kunlik» tarif rejasini qarshi oling!

  •   DiMaX
  •  4785
  •  07.10.2020 12:50

Pulingiz qaytarib ham beriladigan «Kunlik» tarif rejasini qarshi oling!

Beeline mobil aloqa operatori yaqinda ommabop tarifini va cheksiz internetli to‘plamlarini bekor qilgan edi. Kompaniya endi «Kunlik» deb nomlangan yangi tarif rejasini taqdim etdi.

O‘QING: Arzonlashtirilgan internet to‘plamlar bilan hamyonbop narxda internetdan foydalaning!

Xabarga ko‘ra, 2020 yil 5 oktyabrdan Bilayn abonentlari *110*580# kodi orqali ushbu tarifga o‘tishlari mumkin. Eslatib o‘tamiz, ushbu operator tarmog‘ida boshqa tarifga o‘tishda megabaytlaringiz kuyib ketmaydi!

«Kunlik» tarif rejasida abonent to‘lovi kuniga 600 so‘mga teng bo‘lib, yana 10 foizlik keshbek (abonent raqamining hisobiga pul mablag‘larini qaytarish) tizimi ham joriy etilgan.

Tarif rejasining barcha shartlari bilan batafsil tanishish uchun mazkur havola orqali operator saytiga o‘tishingiz mumkin.

O‘QING: Oyiga 20 ming megabaytlik «Talaba+» tarif rejasi ham chiqdi!