Pullaringizni o‘g‘irlayotgan bu sakkizta Android-ilovani tezda o‘chirib tashlang!

  •   DiMaX
  •  2064
  •  23.06.2021 12:42

Pullaringizni o‘g‘irlayotgan bu sakkizta Android-ilovani tezda o‘chirib tashlang!

Quick Heal Security Labs laboratoriyasi «yashil robotchali» operatsion tizim uchun ishlab chiqilgan sakkizta ilovada Joker ziyonkor dasturi mavjudligini aniqladi. Mazkur dasturiy ta’minot Android-qurilmalar foydalanuvchilariga bildirmasdan, ularni qimmat servislarga obuna qilib qo‘yishi bilan xavfli.

O‘QING: Smartfondan zudlik bilan o‘chirish kerak bo‘lgan ilovalar

Bundan tashqari, Joker foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini, kontaktlari ro‘yxatlarini, gadjet haqidagi axborotlarni va SMS-xabarlarini o‘g‘irlashga, yana telefondan o‘zi qo‘ng‘iroq qilishga ham qodir.

Joker kodi bilan zararlangan ilovalar quyidagilardir:

Google allaqachon ushbu xavfdan ogoh qilingan va Google Play do‘konidan mazkur ilovalarni o‘chirib tashlagan. Ammo shungacha smartfonlarga o‘rnatib olinganlari foydalanuvchilarga zarar yetkazishda davom etmoqda.

Shunday ekan, agarda bulardan birortasi sizning devaysingizga o‘rnatilgan bo‘lsa, tezda uni o‘chirib qutulganingiz ma’qul.

O‘QING: Android-smartfonlarga endi Google Play’dagi ilovalarni internetsiz ham rasman o‘rnata olasiz!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!