Pullik ilovalarni tekinga yuklaymiz (1-qism)

Pullik ilovalarni tekinga yuklaymiz (1-qism)

Fransuz moda dizayneri Koko Shanel aytganidek: «Hayotda eng yaxshi narsalar tekin, ikkinchi eng yaxshilari esa o‘ta qimmat bo‘ladi».

Ushbu iqtibosga smartfonlar nuqtayi nazaridan qarasak, chindan ham shunday zo‘r ilovalar borki, ularni tekinga topish mumkin, biroq ba’zi yaxshi ilovalardan foydalanish uchun ma’lum miqdorda pul sarflashga to‘g‘ri keladi.

Masalan, PUBG Mobile, Fortnite kabi o‘yinlarni bepul o‘ynash mumkin bo‘lsa, Final Fantasy, Limbo, The Room Series kabilar uchun to‘lov qilish talab qilinadi. Bunday pullik ilovalarni tekinga olish imkoni haqida o‘ylab ko‘rgan bo‘lishingiz aniq.

Ilovalarni pulga tortib olishni xohlamaydigan yoki bunga imkoni bo‘lmaganlar uchun quyida 5 ta (va keyingi qismda ham 5 ta) qonuniy usullarni keltirib o‘tamiz. Ular yordamida siz pul to‘lamagan holda pullik dasturlarni tekinga qo‘lga kiritishingiz mumkin bo‘ladi. Quyida keltirilgan usullarning ko‘pi, asosan, Android qurilmalar uchun mo‘ljallangan, bir qanchasi esa iOS, Windows va macOS'da ham ish beradi.

Uchinchi tomon do‘konlaridan pullik ilovalarni yuklash

Quyida uchinchi tomon do‘konlaridan pullik ilovalarni yuklash haqida ma’lumot berib o‘tamiz. Buning uchun siz, avvalo, qurilmangiz sozlamalariga o‘tib, noma’lum manbalardan ilova yuklashga ruxsat berishingiz kerak bo‘ladi.

Pullik ilovalarni tekinga yuklang

1. AppsFree

AppsFree oddiy va sodda ilova bo‘lib, uning yordamida ayni damda qaysi pullik ilovalar tekin tarqatilayotganini bilib olishingiz mumkin bo‘ladi. Ilova asosiy ekranida ayni damda 100% chegirmaga ega qator ilovalar ro‘yxati keltirilgan. Ushbu ro‘yxatni ilovalarning minimal reytingi, yuklashlar soni, kategoriyalar va h.k. bo‘yicha filtrlashingiz mumkin.

Shu bilan birga, filtrlardan ma’lum dasturchi yaratgan, reklama va ichki xaridlarga ega ilovalar ko‘rsatilmasligini belgilab qo‘ysangiz ham bo‘ladi.

AppsFree'da aniq bir ilovani qidirish yoki siz xohlagan ilova tekin tarqatilayotganidan xabardor bo‘lish imkoni bo‘lmasa-da, ma’lum kategoriya ilovalar uchun bildirishnomalarni yoqib qo‘yish mumkin.

Ushbu ilovaning o‘zida reklamalar bor, biroq 30 soniyalik video-reklama ko‘rish bilan dasturdagi barcha reklamalardan 24 soatga xalos bo‘lsangiz bo‘ladi. Umumiy qilib aytganda, AppsFree qidiruv funksiyasi va bildirishnoma sozlamalari sabab pullik ilovalarni bepul yuklashda qo‘l keluvchi eng maqbul ilovalardandir.

AppsFree'ni bepul yuklang (ichida reklamalar bor)

2. AppSales

Yuqoridagi ilovani yaratgan dasturchi tomonidan ishlab chiqilgan AppSales ilovasi sizga pullik ilovalarni bepul yuklashga yordam beradi. Ilova yordamida nafaqat vaqtinchalik bepul, eng ommabop ilovalar bilan tanishishingiz, balki ma’lum ilova narxlari tarixini ko‘rishingiz ham mumkin. Istalgan ilova ustiga uzoq bosib tursangiz, barcha tafsilotlar ko‘rsatiladi.

AppSales sizga nafaqat 100% tekin, balki katta chegirmali dasturlarni ham ko‘rsatib beradi.

AppSales'ni bepul yuklang (ichida reklamalar bor)

O‘QING: Til o‘rganish uchun eng yaxshi 7 bepul ilova

3. Paid Apps Gone Free (PAGF)

Paid Apps Gone Free yoki PAGF ham yuqoridagi ikki ilova singari vaqtinchalik bepul tarqatilayotgan ilovalarni ko‘rsatadi. Ilovaning qidiruv funksiyasi anchayin takomillashgan bo‘lib, uning yordamida siz ilovalarni reytingi, yuklashlar soni va doimiy narxi bo‘yicha filtrlashingiz mumkin. Bundan tashqari, qidiruv natijalarida ichki xaridlar va reklamalarga ega dasturlar ko‘rsatilmasligini belgilab qo‘yish imkoni ham mavjud.

PAGF'ni bepul yuklang

4. Aptoide

Ro‘yxatdagi avvalgi elementlardan farqli o‘laroq, Aptoide ilova emas, balki xuddi Play Store kabi, uchinchi tomon ilovalar do‘koni hisoblanadi. Ushbu do‘kondan zo‘r ilovalarni tekin yuklash imkoni bor. E’tiborli jihati shundaki, Aptoide aslida premium bo‘lgan ilovalar yaratuvchilari bilan shartnomaga ega. Masalan, Nova Launcher Play Store'da pullik, lekin Aptoide'da tekin. Aptoide do‘konidan, shuningdek, Facebook, Roblox, Supercell singari yirik kompaniyalar ilovalarini topsangiz ham bo‘ladi.

Agar qurilmangiz xavfsizligidan xavotir olayotgan bo‘lsangiz, o‘zingizni tashvishga qo‘ymay qo‘ya qoling. Sababi, Aptoide'dagi barcha APK fayllar shaxsan ilova dasturchilarining o‘zlari tomonidan yuklanadi va Aptoide do‘konining ko‘plab qo‘shimcha tekshiruvlaridan ham o‘tadi. Oddiy qilib aytganda, uchinchi tomon shaxslar aralashuvi yo‘q bu yerda.

Aptoide'ni bepul yuklang

5. XDA Labs

XDA Labs yana bir muqobil platforma bo‘lib, u yerdan pullik ilovalarni bepul yuklasangiz bo‘ladi. Misol uchun, Play Store'da MiXplorer Silver ilovasi 4.63 dollarga sotiladi, lekin uni XDA Labs'dan tekinga yuklab olsangiz bo‘ladi.

XDA Labs saytiga o‘ting

O‘QING: Smartfonga masofadan turib ilova yuklashni o‘rganamiz

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!