Putin nega uchrashuvlarni faqat onlayn o‘tkazyapti?

  •   DiMaX
  •  434
  •  02.04.2020 16:10

Putin nega uchrashuvlarni faqat onlayn o‘tkazyapti?

Rossiya prezidenti 1 aprel kuni Moskva yaqinidagi Novo-Ogarevo qarorgohidao‘tirgan holida hukumat a’zolari bilan yig‘ilish o‘tkazgan. Majlis videokonferensiya orqali o‘tkazilgan, ya’ni uning barcha ishtirokchilari o‘z kabinetlarida o‘tirgan holda, onlayn tarzda muloqot qilishgan.

O‘QING: Putin xavfli operatsion tizim ishlatishi ma’lum bo‘ldi

Prezidentning matbuot kotibi Dmitriy Peskov izoh berishicha, koronavirus infeksiyasi xavfi sababli, Putin hozirda masofadan turib ishlamoqda. Videokonferensiyalar uchun uning kabinetida kameralar ulangan televizor o‘rnatilgan. Peskovning so‘zlariga ko‘ra, prezident konferensiyasida masofadan turib qatnashuvchi barcha ishtirokchilarning ma’lumotlari shifrlangan kanal orqali o‘tkaziladi.

Aytish kerakki, Vladimir Putin yaqindagina koronavirus yuqtirgan kasallar davolanayotgan shifoxonaga borib, ular bilan uchrashgan edi. Shundan keyin mazkur kasalxona bosh vrachida ham koronavirus aniqlangan.

O‘QING: Nega shifokorlarga Putinni suratga olgan smartfonni yo‘q qilish buyurildi? (+video)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.