«Putinning maxfiy saroyi»: bir kunda rekord o‘rnatgan videoni tomosha qiling!

  •   DiMaX
  •  3022
  •  21.01.2021 08:53

«Putinning maxfiy saroyi»: bir kunda rekord o‘rnatgan videoni tomosha qiling!

Rossiya Korrupsiyaga qarshi kurash fondi (FBK) «Putinning saroyi. Eng katta pora haqidagi hikoya» filmi 21 million martadan ortiq tomosha qilindi. FBK ma’lumotlariga ko‘ra, 100 milliard rublga baholangan ushbu saroy Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ikki yaqin do‘sti – Igor Sechin va Nikolay Tokarev boshchiligidagi «Rosneft» va «Transneft» davlat kompaniyalari mablag‘lari hisobidan bunyod etilmoqda va saqlanmoqda.

O‘QING: Google tarjimoni faqat Putinni prezident deb hisoblayapti!

Maydoni 17691 kvadrat metr bo‘lgan bino Rossiyadagi eng yirik xususiy turar-joy binosi hisoblanadi. Qo‘shni hududda muz saroy, cherkov, issiqxona, choyxona va dengizga qaragan tunnel mavjud.

Putinning matbuot kotibi Peskov tergovchilar so‘roqlariga hech qanday yangilik ayta olmasligini, bu kabi materiallar faqat aholidan pul olish maqsadida uyushtirilishini aytib o‘tgan.

Xabaringiz borki, o‘tgan yilning avgust oyida Korrupsiyaga qarshi kurash fondi rahbari Navalniy zaharlangan va keyin davolanish uchun Germaniyaga yetkazilgandi. Reabilitatsiya kursidan so‘ng u 17 yanvar kuni Rossiyaga qaytib keldi va zudlik bilan vaqtinchalik hibsga olindi.

Yevropa Ittifoqi va AQSh zudlik bilan Navalniyni ozod etishga chaqirdi.

O‘QING: ShOK VIDEO: Tesla elektrokari qabristonda arvohni «ko‘rib» to‘xtadi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!