Qachon Apple ham buklamafon chiqaradi?

Qachon Apple ham buklamafon chiqaradi?

The Elec nashrining xabar berishicha, Janubiy Koreyaning LG kompaniyasi buklanadigan OLED panel ishlab chiqish uchun Apple bilan hamkorlik qilmoqda. Panel ultra yupqa oynali bo‘lib, u planshetlar va noutbuklar uchun mo‘ljallangan.

Taniqli Apple tahlilchisi Ming-Chi Kuo ham bu yangilikni tasdiqlamoqda. Uning aytishicha, kupertinolik kompaniya hozirda 9 dyuymli buklanadigan, OLED displeyga ega qurilmani faol ravishda sinovdan o‘tkazmoqda va bu asosiy texnologiyalarni tekshirish uchun bo‘lib, yakuniy mahsulot spetsifikatsiyasi bunday bo‘lmasligi mumkin.

Kuo o‘tgan yili Apple 2024-yilda o‘zining ilk buklamafonini taqdim qilishi aytgan edi, lekin yangiliklardan keyin kecha u endi o‘z tahminlarini o‘zgartirganligini ma’lum qildi. U buklanuvchi Apple qurilmasi 2025-yilning boshida iPad yoki iPad va iPhone gibridi ko‘rinishida taqdim qilinishini tahmin qilmoqda.

O‘QING: Oq choynakka ko‘k qopqoq, ko‘k choynakka oq qopqoq

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!