Qachondan mobil telefon raqamingizni o‘zgarishsiz boshqa kompaniyaga o‘tkazish mumkinligini bilasizmi?

  •   DiMaX
  •  2192
  •  28.08.2020 17:57

Qachondan mobil telefon raqamingizni o‘zgarishsiz boshqa kompaniyaga o‘tkazish mumkinligini bilasizmi?

Shavkat Mirziyoyev «mobil qullik»ni tezda bartaraf etish haqidagi qarorni 2018 yilning may oyidayoq imzolagan edi. Bu boradagi dastlabki xabarlar undan ham avval chiqqan bo‘lsa-da, mazkur tartib amalga qachon kiritilishi hanuz noma’lum edi.

O‘QING: O‘zbekiston “mobil qullik”ka qarshi Latviya bilan hamkorlik qiladi

Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan Telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish qoidalariga ko‘ra, mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish shartnomasi asosida abonentga ajratilgan abonent raqamini boshqa mobil aloqa operatori bilan yangi shartnoma tuzishda saqlash va undan foydalanish mumkin.

Masalan, agar siz UzMobile abonenti bo‘lsangiz telefon raqamingizni o‘zgarishlarsiz aynan shu ko‘rinishda (kodi bilan birga) Beeline abonenti sifatida rasmiylashtirishingiz mumkin. Buning uchun mobil aloqa kompaniyasi bilan tegishli shartnoma tuziladi.

Adliya vazirligining ma’lum qilishicha, ushbu hujjat 2020 yil 1 oktyabrdan kuchga kiradi.

O‘QING: Imtihonlar o‘tadigan joylarning manzillari yangilangan ImtihonGo ilovasini yuklab oling!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.