Qadimiy xeshteg: Yerdagi eng birinchi rasm nimani anglatadi?

  •   Saroy
  •  1398
  •  15.09.2018 13:36

Qadimiy xeshteg: Yerdagi eng birinchi rasm nimani anglatadi?

JARdagi Bombos g‘orida olib borilgan arxeologik qazuvlar davomida inson qo‘li bilan chizilgan yerdagi eng qadimiy rasm topildi. Olimlarning aniqlashicha, ushbu rasm hozirgacha topilgan eng qadimiy tasvirlardan ham 30 ming yil qadimiyroq ekan. Eng qizig‘i, o‘zining kompozitsiyasi bilan u xeshtegni eslatadi. U ham  oltita lineyani kesib o‘tgan uchta qizil yo‘lakdan iborat.

O‘QING:“VKontakte”da eng mashhur xeshteglar o‘nligi paydo bo‘ldi

Tadqiqotchilarning aniqlashicha, tosh silkret  porodasidan bo‘lib, surat unga tasodifiy ravishda chizilmagan, ya’ni u katta kartinaning bir qismi bo‘lsa kerak. Tahlillar shuni ko‘rsatdiki,  chiziqlar oxraning o‘tkir bulaklari bilan bajarilgan va qalinligi 1-3 millimetr. Ma’lum bo‘ldiki, eng birinchi xeshtegning yoshi 73 ming yilni tashkil etadi.

Endi olimlar oldida mikroskop, lazer va boshqa texnologiyalar yordamida ushbu noodatiy topilmaning boshqa ikir-chikirlarini aniqlash vazifasi ko‘ndalang turibdi. Eng asosiysi suratni chizishdan ko‘zlangan maqsadga oydinlik kiritish, chunki u hali jumboq bo‘lib turibdi.

O‘QING:Eng qadimiy meteorit topildi

 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.