«Qahramon kalamush»: Android-qurilmalarni Telegram orqali boshqaruvchi troyandan ehtiyot bo‘ling!

  •   DiMaX
  •  1555
  •  27.06.2018 12:20

«Qahramon kalamush»: Android-qurilmalarni Telegram orqali boshqaruvchi troyandan ehtiyot bo‘ling!

Android operatsion tizimida ishlovchi smartfon va planshetlarga yangicha troyan-virus tahdid solmoqda. «HeroRat» (ya’ni, «Qahramon kalamush») nomli mazkur dasturiy ta’minot o‘zi tushib olgan devaysni Telegram-bot orqali boshqaradi.

O‘QING: Eng xavfli Android-viruslar-4: Faketoken

Yangicha troyanni yaqindagina ESET antivirus kompaniyasi mutaxassislari aniqlab, bu haqda rasmiy sayt orqali ma’lum qilishgan. Aksariyat Android-viruslar qatori, HeroRat ham norasmiy ilova do‘konlari, ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar orqali tarqatilmoqda. Foydalanuvchilarning e’tiborini jalb etish uchun u bitkoinlar olishga, shuningdek, kanal, sahifa yoki guruh a’zolari sonini oshirishga yordam beruvchi ilova tarzida niqoblangan bo‘ladi.

Qiziq jihati – tizimga o‘rnashib olgach, HeroRat mazkur qurilmaga mos kelmasligi haqida xabar beradi va avtomatik o‘chib ketish uchun ruxsat so‘raydi. Aslida esa bu – foydalanuvchini chalg‘itib, shubhadan xoli bo‘lish uchun qilingan hiyla. Chunki smartfon egasi bu dasturiy ta’minotni o‘chirib yuborganiga amin bo‘ladi; «Qahramon kalamush» esa shundan so‘ng yashirin tarzda o‘z ishini boshlaydi. Ya’ni, o‘z yaratuvchilari bilan Telegram-bot vositasida bog‘lanadi.

Mana, HeroRat’ning turli ko‘rinishlari quyidagi singari funksiyalarga ega:

Ya’ni, jinoyatchilar HeroRat yordamida qurilmaga kiruvchi va chiquvchi xabarlarni nazorat qilishlari, ekrandan skrinshot olishlari, foydalanuvchining joylashuv o‘rnini kuzatishlari, hatto uning nomidan qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirishlari va qabul qilishlari mumkin.

Smartfoningizga bu kabi ziyonkor dasturlarni tushirib olmaslik uchun, ilovalarni faqatgina rasmiy katalog – Goole Play orqali o‘rnatishni, shuningdek, xavfsizlik choralarini ko‘rib borishni tavsiya etamiz.

O‘QING: Android tizimiga viruslar nega tushadi va ulardan qanday qutulamiz?