Qayta tiklangan Galaxy Note 7 muxlislar sharafiga nomlandi

Qayta tiklangan Galaxy Note 7 muxlislar sharafiga nomlandi

Koreyaning The Investor nashrining koreyalik mobil operatorga tayanib ma’lum qilishicha, qayta tiklangan Samsung Galaxy Note 7 flagmani “Fandom Edition”, ya’ni “muxlislar” yoki “ishqibozlar” talqini deb nom oldi. Smartfon ishlab chiqaruvchi flagmanlarini jamoatchilikka taqdim qilishdan avval, ularni mobil operatorlarga namoyoish qilishini hisobga olsak — bu ishonchli xabar.

Bungacha qayta tiklangan flagmanning Note 7R, ya’ni “Refurbished” (ingliz tilida «qayta tiklangan») deb nomlanishi xabar qilingan edi. Ammo kompaniya rahbari uning bu nom bilan yaxshi sotilmasligidan qo‘rqib nomini o‘zgartirishga, uni muxlislar sharafiga nomlab, bu orqali brendning chinakam muxlislaridan umidi katta ekanligini namoyon qilishga qaror qilgan ko‘rinadi. Natijada, muxlislar tavakkal qilib Galaxy Note 7 FE’ni sotib olishadi va kompaniyaga sodiq qolishadi.

Hozircha smartfonning narx-navosi haqida aniq ma’lumot yo‘q. Ma’lumotlarga ko‘ra, Galaxy Note 7 Fandom Edition uzog‘i bilan 620 AQSh dollaridan sotuvga chiqariladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!