Qayta tiklangan iPhone: xuddi o‘zi, ammo ancha arzon!

  •   DiMaX
  •  7585
  •  17.05.2017 15:22

Qayta tiklangan iPhone: xuddi o‘zi, ammo ancha arzon!

Apple o‘zining yangilangan qurilmalarini sotuvga chiqarish dasturini yo‘lga qo‘yganiga bir necha yil bo‘lgan – kompaniya bunday gadjetlarini, masalan, AQShdagi o‘z internet-do‘koni orqali ham sotadi. «Xuddi yangidek iPhone» degani bu – avval dunyoning turli mamlakatlarida foydalanuvchilar tomonidan tutilgan Apple devayslarining zavodda qayta tiklangan, korpusi va ekrani almashtirilgan va yangi xaridorlarga taqdim etilgan variantlaridir.

iPhone qanday qayta tiklanadi?

Masalan, telefon Apple Store do‘konlaridagi «trade-in» dasturi bo‘yicha almashtirilgan bo‘lishi mumkin. Yoki zavodda qurilmani yig‘ishda yo‘l qo‘yilgan biror nuqson, deylik, dinamigi brak ekanligi aniqlanib, xaridorga smartfonni almashtirib berish holatlari bo‘ladi. Xullas, shu kabi savdodan qaytgan iPhone’lar Apple zavodiga topshiriladi, aynan zavodda o‘sha nuqson bartaraf etiladi. Shuningdek, zavodning o‘zida uning korpusi va ekranini ham albatta almashtirishadi. Keyin esa devaysni yangi quvvatlagich va quloqchinlar jamlanmasi bilan birga yangi qutiga joylashadi. U endi nuqsonsiz ishlaydigan, jamlanmada barcha zaruriy hujjatlari va aksessuarlari mavjud bo‘lgan qurilmaga aylanadi. «Qayta tiklangan iPhone» degani – xuddi mana shu jarayonda yangilangan haqiqiy iPhone’dir.

 Bunday smartfonlar 1 yillik kafolat muddatiga ega bo‘ladi. Biroq, mijoz farqini tushunishi uchun, bunday iPhone «tiklangan» («vosstanovlenniy», «Refurbished») deb ataladi va shunisi bilan mutlaqo yap-yangi chiqarilgan Phone’dan farq qiladi.

Qayta tiklangan iPhone’ni sotib olish nimaga kerak?

Deylik, siz imkon qadar kam xarajatlar bilan iOS tizimli smartfonni ishlatib qo‘rmoqchisiz, ammo uni «qo‘ldan» olishga cho‘chiyapsiz, sizga kafolatlisi kerak. Shunday vaziyatda qayta tiklangan iPhone 5s eng maqbul variant bo‘ladi.

Bu smartfon hatto hozirgi o‘lchamlar nuqtai nazaridan qaraganda ham yetarlicha baquvvat, uning kamera va ekrani ham ajoyib. Uning yagona jiddiy «kamchiligi» (agar shunday deyish mumkin bo‘lsa) – displeyi aytarli katta emasligidir. Chunki  bugungi kunda 4 dyuymlik diagonalga ega ekran birmuncha kichkina hisoblanadi. Biroq boshqa jihatlari bu «kamchilik»ni «bosib ketadi».

Tashqi ko‘rinishi yangi iPhone’dan farq qiladimi?

Farqi faqat o‘ramida va undagi belgi (tamg‘a, markirovka)sida bo‘ladi. Belorussiyaning tut.by portali oddiy iPhone 5s hamda tiklangan iPhone 5s modellarini yonma-yon qo‘yib, o‘zaro solishtirib o‘rgangan. Tiklangan smartfonlarda RFB (Refurbished) belgisi mavjud, xolos.

Quyidagi barcha suratlarda chapda – qayta tiklangan, o‘ngda esa – mutlaqo yangi iPhone 5s aks ettirilgan:

Bundan tashqari, tiklangan iPhone 5s ham, xuddi yangisidek, plyonkalarda savdoga chiqariladi:

Smartfonning o‘ziga esa uning tiklangan ekanligi haqida belgi qo‘yilmagan. Ularning IMEI raqamlari ham ichidagi sozlamalarida, hujjati va qutisida aynan bir xil bo‘ladi.

Ularning ishlashi yaxshimi? Yangilanadimi, qotib qolmaydimi?

Xuddi yangisidek ishlaydi! Unda ham xuddi o‘sha detallar, xuddi o‘sha soft bor, axir. Tajriba sifatida tut.by portali xodimi bir hafta mobaynida, bir vaqtning o‘zida ham qayta tiklangan, ham mutlaqo yangi iPhone 5s telefonlarini ishlatib ko‘rgan.

Har ikkala smartfonga ham bir kunning o‘zida iOS 9.0.1 (keyinroq esa 9.0.2) versiyasi yangilanmasi kelgan. Ikkalasi ham mutlaqo bir xil ishlagan, suratga tushirgan, internet va o‘yinlarda sinab ko‘rilgan. Yetti kunlik sinov paytida hech qanaqa bag, qotib qolish, o‘z-o‘zidan o‘chib-yonish holatlari kuzatilmagan. Akkumulyatorining quvvati davomiyligi bo‘yicha ham taxminan bir xil bo‘lgan (mazkur parametrni ob’yektiv tarzda taqqoslash o‘ta mushkul). Shuningdek, devaysning sozlamalarida ham uning qayta tiklangan iPhone ekanligi xususida biror eslatma yo‘q. Xullasi kalom, hammasi xuddi mutlaqo yangi iPhone 5s’dagi kabi!

Rossiyadagi savdolariga qaraganda, ularni «qayta tiklangan iPhone» so‘zi umuman cho‘chitgan emas.

Xo‘sh, bizda-chi?

Afsuski, bizda xaridorlarning ko‘pchiligi bu haqda yetarlicha tushunchaga ega emasligi sababli, ayrim sotuvchilar RFB belgili iPhone’larni ham «yangi» deb, yangisining narxida sotishadi. «Restavratsiya qilingan iPhone» deganda esa, qutisi ochilgan, biror telefon ustasi yoki sotuvchining o‘zi tomonidan restavratsiya qilingan – qayta tiklangan smartfonlarni nazarda tutishadi. Bundaylarning kafolatiga ishonch yo‘q, ayrimlarida IMEI raqamlari ham mos kelmaydi.

Lekin endi cho‘chimasdan xarid qilish imkoni bor – «Terabayt.Uz» saytining hamkorlaridan biri ishonchli, ya’ni aynan Apple zavodi tomonidan qayta tiklangan va 6 oy kafolat muddatiga ega bo‘lgan iPhone smartfonlarining savdosini yo‘lga qo‘ygan. Biz joriy yil may oyining ikkinchi yarmida ushbu telefonlarni aksiya doirasida chegirma bilan yetkazib bergan edik. Shu muddatda ko‘plab yurtdoshlarimiz qiziqish bildirib, smartfonlardan sotib olishdi.

Aksiya davrida xarid qilishga ulgurmagan xohlovchilar endi iPhone smartfonlarini quyidagi narxlarda sotib olishlari mumkin:

Smartfon modeli Narxi
iPhone 5s 16 GB 200 sh.b.
iPhone 5s 32 GB 210 sh.b.
iPhone 6 16 GB 300 sh.b.
iPhone 6 64 GB 340 sh.b.
iPhone 6s 16 GB 370 sh.b.
iPhone 6s 64 GB 490 sh.b.

Ushbu smartfonlarni ko‘rsatilgan narxlarda sotib olish uchun oldindan buyurtma berish va narxining 10 foizi miqdorida to‘lovni amalga oshirish lozim. Yetkazib berish muddati – 7 ish kuni. Telefonlarning qutisi ochilmagan, zavodda muhrlangani bo‘yicha qo‘lingizga topshiriladi.

Qayta tiklangan iPhone smartfonlaridan sotib olish uchun Telegram’dagi @ghost_stranger profili yoki +998-97-773-44-12 telefon raqami orqali bizning menejerimizga murojaat qilishingiz mumkin. Iltimos, murojaat etganingizda, saytda berilgan ma’lumotlarni qaytadan so‘rab ovora qilmang, o‘zingizning va o‘zgalarning vaqtini qadrlang.

Shoshiling, telefonlar soni cheklangan!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!