Qanday qilib Wi-Fi signalini yaxshilash mumkin

Qanday qilib Wi-Fi signalini yaxshilash mumkin

Hozirgi kunda internet foydalanuvchilar soni ancha ko‘paydi, chunki internetdan hamma joyda foydalanish imkoniyati yaratildi: uyda, ishxonada, ko‘chada, kafeda, hattoki tog‘li hudularda ham. Bu esa texnologiyalarni borgan sari rivojlanayotganini bildiradi.

Oldin esimda, dial-up orqali internetga ulanib ishlar edim, qancha asablar buzilar edi, saytlarni ochilishini kutishga ketgan umumiy vaqtni hisoblasam, oy bo‘lmasa ham, 2-3 hafta chiqsa kerak :). Asosiysi aloqa uzilishlari edi, eng qiziq paytda(ayniqsa onlayn o‘yinlar o‘ynaganda) o‘sha asabga tegadigan oyna chiqar edi(60 sekundlik vaqti bilan), qaytadan ulanishni amalga oshirishni so‘rab.

Hozir esa yuqoridagi holatga o‘xshash asabbuzarliklar yo‘q(kamaygan), chunki yangi texnologiyalar ishlab chiqildi(ADSL, FTTB), hattoki simsiz aloqa(Wi-Fi) o‘rnatish ham mumkin bo‘ldi. Bu texnologiyalar orqali bemalol internetga ulanib, hattoki oldin orzu qilingan, internet orqali video ko‘rish imkoni paydo bo‘ldi.

Internet bilan simsiz aloqa o‘rnatish — Wi-Fi, ko‘p xonadonlarga kirib keldi, ulardan aktiv ravishda foydalanishmoqda. Ko‘pchilik Wi-Fi orqali internetga ulanib ishlash, tezlikning pasayishiga olib keladi degan, xato fikrni ilgari surishadi, bunday fikr yuritishligiga sabab Wi-Fi routerdan to‘g‘ri foydalanishni bilmaslikdir.

Wi-Fi texnologiyasida signal quvvati degan tushuncha bor, bu quvvat qancha kam bo‘lsa, internet tezligi shuncha past bo‘ladi. Signal quvvatini ko‘paytirish va yaxshilash uchun quyida beriladigan maslahatlarga amal qilishingiz lozim. Bu maslahatlar sinovdan o‘tgan va foyda beradi degan umiddaman.

1. Wi-Fi routernining joylashuvi. Agar siz internetni faqat bitta honada ishlatmoqchi bo‘lsangiz, routerni o‘sha xonaga joylashtiring, agar siz butun honadonda(kvartirada) ishlatmoqchi bo‘lsangiz, iloji boricha honadon o‘rtasiga joylashtiring.

2. Wi-Fi routerni proshivka qilish. Qurilma dasturini yangilab turing(proshivka). Bu ham signal quvvatini oshishiga olib kelishi mumkin, routerda sodir bo‘ladigan muammolar, yangi proshivkada o‘z yechimini topgan bo‘ladi.

3. Xavfsizlik va sozlash. Internet aloqangizni himoyalash uchun, unga ulanish parolini qiyinroq qo‘ying, iloji bo‘lsa shifrlang(WPA2), chunki yoningizdagi honadonda ham(qo‘shnilaringiz) sizning internetga ulanishingizdan foydalanishlari mumkin. Bu orqali signal quvvati bo‘linadi va internetga kirish sekinlashadi.

4. To‘siqlar. Wi-Fi router turgan joydan, siz internetga kirmoqchi bo‘lgan joygacha, iloji boricha to‘siq bo‘lmasligini ta’minlang, asosan betonlar signal quvvatini kamaytiradi. Bu bir hisobda, router joylashishini tanlashga bog‘liq.

5. Adapter. Signal quvvatini oshirish uchun, qabul qiluvchi qurilmadan foydalaning. Qabul qiluvchi qurilma noutbuklarda mavjud bo‘ladi, lekin biroz kuchsizroq. Siz tashqi qabul qiluvchi qurilma sotib oling va kompyuteringizga ulang.

wifi_2

6. Repiter. Agar Wi-Fi routerdan siz internetga kirmoqchi bo‘lgan joygacha masofa uzoq bo‘lsa, repiterdan foydalaning. Bu qurilma, signalni qabul qilib, qayta uzatish hususiyatiga ega. Bu orqali ulanish masofasini uzaytirish mumkin.

wifi_4

7. Antena. Wi-Fi routerlarda uzatuvchi antena bo‘ladi, ko‘plarida bu antenani almashtirish imkoni mavjud. Signal quvvati yetmasa, antenani kuchlirog‘ini olib, routerning o‘z antenasi bilan almashtiring. Bu signal quvvatini kuchaytirishning eng asosiy usuli.

wifi_3

8. Firma. Wi-Fi router chiqarilgan firmaga ham e’tibor bering. Qandaydir xitoy yozuvli, arzon routerlarni sotib olmang. Hozirda eng mashhur firmalar: TP-LINK, ASUS, D-link, ZyXEL. Iloji bo‘lsa. shu firma mahsulotlaridan sotib oling.

Yeng asosiysi, internet provayderni yaxshisiga ulaning. Bu internet tezlikni bir maromda ishlashini ta’minlovchi eng asosiy omil. Wi-Fi router faqat ungacha kelgan signalni tarqatib beradi xolos.

Manba: ITportal.uz

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!