Qanday qilib Windows operatsion tizimi ishlashini tezlashtirish mumkin

Qanday qilib Windows operatsion tizimi ishlashini tezlashtirish mumkin

Windows operatsion tizimi ishlashini tezlashtirish uchun, yuzaga kelgan muammoni yechish kerak bo‘ladi. Dastlab, muammo nimada ekanligini bilib olish lozim, muammolar ro‘yxatini boshqa maqolada keltirib o‘tdim, bu maqolada shu muammolarni yechishga harakat qilib ko‘raman. Demak, operatsion tizim ishlashini tezlashtirish uchun, quyidagilarni bajarish lozim.

1. Kompyuter elementlari elektr toki yordamida ishlaydi, bu elementlarning harorati haddan tashqari oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Bu elementlarga protsessor, vinchester, mostlar kiradi. Kompyuter ichini ochib, kullerlarni ishlashini va radiatorlarni joylashuviga ahamiyat bering. Haroratni bilish muhim hisoblanganligi uchun, haroratni biladigan maxsus utilitalar ishlab chiqilgan: Everest, Everest, HWMonitor. Mening o‘ylashimcha protsessor harorati maksimum 50 gradusdan oshmasligi lozim. Haroratning oshishi, elementlarning noto‘g‘ri ishlashiga olib keladi.

2. Har xil dasturlarning o‘rnatilishi natijasida reyestrda fayllar ko‘payib boradi, bu dasturlarning o‘chirilishi reyestrni tozalamaydi. Reyestrni tozalash uchun maxsus utilitalar mavjud: TuneUp, Ccleaner, EasyClenaer. Shu utilitalar orqali reyestrni tozalang.

3. Kompyuterga ulangan operativ xotiraning yetishmasligi, bu bir necha dasturlarning bir vaqtda ishlashi natijasida yuzaga keladi. Shuning uchun, mavjud operativ xotirani hisobga olgan holda dastur va o‘yinlarni o‘rnating. Operativ xotiraning qancha qismi ishlayotganini CTRL+SHIFT+ESC  orqali «Dispetcher Zadach Windows» oynasini chaqirgan holda, «Bistrodeystviye«vkladkasidan ko‘rishingiz mumkin (maksimum85% bo‘lsin).

tormz_1

Fayl podkachki, bu Linux tizimidagi SWAP tushunchasidir. Agar operativ xotira to‘lib qolsa, tizim «fayl podkachki«ga ajratilgan joyni operativ xotira sifatida ishlatadi, bu ishlash tezligini sekinlashtiradi. Agar bu ham to‘lib qolsa, kompyuter qotib qolishi yoki xatolik haqida ma’lumot berishi mumkin. Fayl podkachki uchun ajratilgan joyni quyidagicha ko‘rish mumkin (Windows 7).

Moy kompyuter -> svoystvo -> Dopolnitelnie parametri sistemi -> vkladka dopolnitelno

tormz_2

Parametri bistrodeystviya -> dopolnitelno

tormz_3

Bu qiymatni oshirish mumkin.

5. Ko‘p dasturlar kompyuterga o‘rnatilgandan so‘ng, avtomat ishga tushish uchun «avtozagruzka» bo‘limiga ham yozib qo‘yiladi. Kompyuter yuklanganda, bu dastur ham tizim bilan birga yuklanadi. Bu operatsion tizim ishlashini va yuklanishini sekinlashtiradi. Dasturlarni bu bo‘limdan olib tashlash lozim. Uning uchun

Pusk -> Vipolnit -> msconfig -> avtozagruzka
                       tormz_4
kerak bo‘lmagan dasturlardan belgilashni(ptichkani) olib tashlang va OK.

6. Odatda operatsion tizim «C» diskka o‘rnatiladi, bu diskda 15-20% joy bo‘sh turish lozim, aks holda kompyuter sekin astalik bilan ishlash tezligini kamaytiradi. Ko‘pchilik bu diskni to‘latib qo‘yadi, bu disk ichiga quyidagi joylar ham kiradi:

— ish stoli(rabochiy stol);

— mening hujjatlarim(dokumeni);

— internetda ko‘chiriladigan fayllarning odatiy joyi;

7. Kompyuter antivirus dasturlaridan biri bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim, aks holda kompyuterga virus tushib, ishlashini sekinlashtirishi yoki umuman ishlattirmasligi mumkin. Yana bir narsa, antivirus dasturlaridan faqat bittasini ishlating, bir necha antivirus dasturlaridan bir paytning o‘zida foydalanish, kompyuter ishlashini juda sekinlashtiradi(o‘zim guvoh bo‘lganman).

8. Kompyuter vinchesteriga juda ko‘p fayllarni yozish, o‘chirish ham kompyuter ishlashini sekinlashtiradi, chunki vinchester sektorlariga yozilgan va u yerdan o‘chirilgan fayllar sektordagi tartibni o‘zgartirib yuboradi, bu vinchesterni ishlashini sekinlashtiradi, natijada kompyuter ham sekin ishlaydi. Bu holda, defragmentatsiya qilish zarur, bu orqali vinchester sektorlariga yozilgan fayllar tartiblanadi. Uning uchun (Windows 7 da):

Pusk -> Vse programmi -> Standartnie -> Slujebnie -> Defragmentatsiya diska
tormz_5
Dastlab disklar analiz, so‘ng defragmentatsiya qilinadi. Bu ancha vaqt oladi.

9. Tizim bloki ichini tozalab turish zarur, chang, har xil kichik jismlar va boshqa ko‘zga ko‘rinar va ko‘rinmas moddalar natijasida, kompyuter elementlari to‘g‘ri ishlamasligi yoki umuman ishlamasligi mumkin. Tozalashda, albatta kompyuterni o‘chiring.

10. Siz bilmagan holda, kompyuterdagi biror dastur o‘z saytiga ulanib, avtomat yangilanib(obnovleniya) borayotgan bo‘lishi mumkin, yangilanish jarayonida kompyuter ishlashi sekinlashadi, bu biror dastur, operatsion tizim ham bo‘lishi mumkin. Uning uchun avtomat yangilanishni o‘chirib qo‘yish kerak (Windows tizimi avtomat yangilanishni o‘chirish).

11. Kompyuterdagi biror element, misol uchun operativ xotiraning birortasi ishdan chiqgan, lekin siz buni bilmagan bo‘lishingiz mumkin, chunki har safar bu xotirani tekshirib o‘tirmaysizku. Kompyuter ishlashi aynan operativ xotiraga bog‘liq, buzilgan xotira hisobiga xotira hajmi yetmasligi mumkin.

12. Siz ishlatayotgan kompyuter fizik jihatdan eskirgan, lekin siz buni hisobga olmasdan yangi chiqgan o‘yin yoki dasturlarni o‘rnatasiz yoki borlarini yangilab kuchaytirasiz. Natijada, sizning kompyuteringiz bu dastur yoki o‘yinlarni ishlatishga qiynaladi va ishlashi sekinlashadi. Shuning uchun, dastur yoki o‘yinlarni kompyuterga o‘rnatishdan oldin, bu dasturlarni ishlashi uchun kerak bo‘ladigan minimal xarakteristikalar bilan tanishing.

Asosiy kompyuter ishini sekinlashtiradigan sabablar shulardan iborat, agar yana biror sabab bilsangiz yozib yuboring, maqolaga qo‘shib qo‘yaman.

Manba: ITportal.uz
Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.